Usmonov Bunyod Aktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlari kapitalini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.07–“Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2011.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmatov Shuxrat Amanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlari kapitalini boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari kapitali samaradorligini oshirishda o‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikni 60/40 bo‘lishi aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy mustaqilligini ta’minlashi asoslangan;
yuqori qiymatga ega istiqbolli investision strategiyalarni ishlab chiqishda mul`tiplikator ko‘rsatkichlari (umumkapital rentabelligi ROCE, leveraj koeffisienti DR, sof foyda rentabelligi NPM, kapitalning likvidlik koeffisienti CR) orqali baholash natijasida aksiyadorlik jamiyatlari kapital samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda kapital samaradorligini baholashda (CPM - Capital Plan Management) ko‘rsatkichini kiritish taklif etilgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarini xususiylashtirish amaliyotini jadallashtirish va qo‘shimcha kapital jalb qilish natijasida jamiyatning foyda va daromadlar miqdorini 2025 yilga qadar istiqbolli prognozlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlari kapitalini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari mavzusi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
aksiyadorlik jamiyatlari kapitali samaradorligini oshirishda o‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikni 60/40 bo‘lishi aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy mustaqilligini ta’minlashiga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 10 fevraldagi 03-455-son bayonnoma qarorida o‘z aksini topgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 10 fevraldagi 03-455-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali “Farg‘ona azot” AJ xalqaro umume’tirof etilgan koeffisientlaridan biri moliyaviy leveraj koeffisienti (debt-to-equity ratio)ni 2015 yildagi 4,53 koeffisientdan 2020 yilga kelib 0,25 koeffisientgacha kamaytirishga erishilgan;
yuqori qiymatga ega istiqbolli investision strategiyalarni ishlab chiqishda mul`tiplikator ko‘rsatkichlari (umumkapital rentabelligi ROCE, leveraj koeffisienti DR, sof foyda rentabelligi NPM, kapitalning likvidlik koeffisienti CR) orqali baholash natijasida aksiyadorlik jamiyatlari kapital samaradorligini oshirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 10 fevraldagi 03-455-son bayonnomasida o‘z aksini topgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 10 fevraldagi 03-455-son dalolatnomasi). Mazkur taklifda “Farg‘ona azot” AJda kapitaldan foydalanish samaradorlik koeffisientlar (ROE, ROA, ROS, ROCE)ini baholashning korrelyasiya matrisasi va ko‘p sonli regressiya natijalari asosida 2 xil model ishlab chiqilgan. Birinchi modelga ko‘ra uzoq muddatli aktivlarning bir foizga oshirilishi ROAni 2,79 foizga oshiradi, jami majburiyatlarni bir foizga oshirilishi ROAni 4,64 foizga kamaytirishi aniqlangan. Ikkinchi modelga ko‘ra esa uzoq muddatli aktivlarning bir foizga oshirilishi ROEni 2,95 foizga oshiradi, jami majburiyatlarning bir foizga oshirilishi esa ROEni 5,73 foizga kamaytirilishi asoslab berilgan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda kapital samaradorligini baholashda (CPM - Capital Plan Management) ko‘rsatkichini kiritish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 10 fevraldagi 03-455-son bayonnoma qarori asosida “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 10 fevraldagi 03-455-son dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4265-sonli qarorida o‘z aksini topgan. Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatining ijroiya organi tarkibiga kimyo sanoati sohasida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan va mazkur yo‘nalish bo‘yicha xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi kadrlar jalb qilingan, shuningdek 2021 yil 17 avgustda jamiyatning Kuzatuv kengashining yangi a’zolari saylangan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarini xususiylashtirish amaliyotini jadallashtirish va qo‘shimcha kapital jalb qilish natijasida jamiyatning foyda va daromadlar miqdorini 2025 yilga qadar istiqbolli prognozlarini ishlab chiqishga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 10 fevraldagi 03-455-son bayonnoma asosida “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2022 yil 10 fevraldagi 03-455-son dalolatnomasi). Mazkur taklif asosida aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2022-2025 yillar mobaynida bosqichma-bosqich IPO larni o‘tkazish orqali 750 mlrd. so‘m miqdorida kapital jalb qilish natijasida yillik sof foyda miqdorini 650 mln. so‘mga oshirish ekonometrik usul-kichik kvadratlar usuli (OLS) orqali aniqlangan va asoslab berilgan.