Maxkamov Elyorbek G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona viloyati tabiatidan rekreatsiya va turizm maqsadida foydalanishning geografik asoslari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Gr82.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusupjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori; Ibadullaev Nurali Eshniyazovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati tabiatining rekreatsion va turistik imkoniyatlarini aniqlash hamda undan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rekreatsion-turistik salohiyatni baholashning balans usuli hududning tabiiy (rel’ef, iqlim, ichki suvlar), tarixiy-madaniy (yodgorliklar, ziyoratgohlar, hunarmandchilik), ijtimoiy-iqtisodiy (iqtisodiy va turistik infratuzilma), ekologik (iqlimiy diskomfortlik, havo va suvning ifloslanish indeksi) ko‘rsatkichlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
Farg‘ona viloyatining ma’muriy birliklari rekreatsion-turistik salohiyatini majmuali baholash asosidagi tipologiyasi (eng yuqori, yuqori, o‘rta, past) ishlab chiqilgan va GAT texnologiyasining ArcGIS dasturi asosida kartalashtirilgan, har bir tip uchun rekreatsion-turistik faoliyatni rivojlatirishga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
Farg‘ona viloyatida rekreatsion-turistik faoliyatni tashkil etishni landshaft-ekologik (So‘x t., Farg‘ona t.) hamda tabiiy-tarixiy (Qo‘qon sh., Marg‘ilon sh., Rishton t.) asoslarining hududiy jihatlari e’tiborga olinib, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
Farg‘ona viloyatida rekreatsion-turistik klasterlar yaratishning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va servis geografiyasi bilan bog‘liq jihatlari aniqlangan hamda har bir ma’muriy birlik uchun istiqbolli yangi turistik marshrutlar (bir va ko‘p kunlik) va ularning turoperatorlar uchun namunaviy dasturlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyati tabiatidan rekreatsiya va turizm maqsadida foydalanish hamda rekreatsion-turistik salohiyatini kompleks baholashning geografik asoslari va ularni kartalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rekreatsion-turistik salohiyatni baholashning viloyat tabiiy (rel’ef, iqlim, ichki suvlar), tarixiy-madaniy (yodgorliklar, ziyoratgohlar, hunarmandchilik), ijtimoiy-iqtisodiy (iqtisodiy va turistik infratuzilma), ekologik (iqlimiy diskomfortlik, havo va suvning ifloslanish indeksi) ko‘rsatkichlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan balans usuli O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 16 martdagi 18-18/503-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona viloyati rekreatsion-turistik salohiyatini majmuali (tabiiy, tarixiy, iqtisodiy, ekologik) baholash imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona viloyatining ma’muriy birliklari rekreatsion-turistiksalohiyatining majmuali baholash asosidagi ishlab chiqilgan tipologiyasi (eng yuqori, yuqori, o‘rta, past) va ArcGIS dasturi asosida ishlab chiqilgan karta-sxemalardan O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 16 martdagi 18-18/503-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning har bir ma’muriy birligida rekreatsion-turistik salohiyatidan maksimal foydalanish imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona viloyatida rekreatsion-turistik faoliyatni tashkil etishni landshaft-ekologik (So‘x t., Farg‘ona t.) hamda tabiiy-tarixiy (Qo‘qon sh., Marg‘ilon sh., Rishton t.) asoslaridan O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 16 martdagi 18-18/503-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona viloyatining har bir ma’muriy birligi bo‘yicha asosiy rekreatsion-turistik yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan asoslash imkonini bergan;
Farg‘ona viloyatida rekreatsion-turistik klasterlar yaratishning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va servis geografiyasi bilan bog‘liq jihatlaridan O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi amaliyotida tuman va shaharlar uchun istiqbolli yangi turistik marshrutlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 16 martdagi 18-18/503-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda 12 ta yangi istiqbolli turistik marshrutlar (bir va ko‘p kunlik) va ularning namunaviy dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan.