Masharipova Tamara Joldasbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Publisistika nazariyasida asarning mazmun va shakl muammolari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuoti materiallari misolida)», 10.00.09–Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil215.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti DSc.27.06.2017.Fil.21.01. raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baxadirova Sarigul`, filologiya fanlari doktori, professor; Allambergenova Perxan Kudaybergenovna, filologiya fanlari nomzodi;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: publisistikani axboriy faoliyat shakli sifatida o‘rganish hamda publisistik asarning mazmuni va shakli singari nazariy kategoriyalar konsepsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
publisistikaning «ijod turi» va «maxsus uslubda bajarilgan matnlar» ma’nolaridan tashqari definisiyaning auditoriya uchun muhim bo‘lgan «publisistik asar yaratish mexanizmi» va publisistikani to‘rtinchi hokimiyat mavqeiga etkazadigan «ijtimoiy institut» tushunchalariga ham ega ekanligi isbotlangan;
publisistik asar mazmunining unsurlari uch asosiy birlik – mavzu, fakt va talqinga birlashganligi ishlab chiqilgan;
«publisistika sar uslubi» ifodasining noaniq ekanligi, zero publisistikaning o‘zi uslub ekanligi asoslangan;
alohida publisistik janrlarning mavjud emasligi, jurnalistika, badiiy adabiyot va ilmiy ijodga taalluqli asarlarni publisistik shaklda ifoda etish mumkinligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Publisistika nazariyasida asarning mazmun va shakl muammolari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asocida:
publisistikani ijtimoiy institut sifatida qabul qilish, «publisistika janrlari» o‘rniga «jurnalistika janrlari» deb qo‘llash, publisistikaning o‘zi uslub ekanligi hamda ishda mavjud bo‘lgan boshqa ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik tavsiyalar matbuot amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2017 yil 1 noyabrdagi 11/3286-son ma’lumotnomasi). Natijada publisistikaning «ijod turi» va «maxsus tarzda yozilgan matn» sifatidagi tushunchalaridan tashqari «publisistik asar yaratish mexanizmi» va «ijtimoiy institut» ma’nolaridatalqin etish orqali jurnalistikaning jamiyatdagi o‘rnini kengroq tushunishga, sohaning rivojlanishiga oid bilimlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
publisistik asarning mazmuniga nisbatan yangicha talqinlar, uning uch unsuri (mavzu, fakt va ularning talqini) haqidagi natijalardan mamlakatimiz jurnalistlarining ijodiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2017 yil 1 noyabrdagi 13/307-son ma’lumotnomasi). Publisistik asarning mazmun va shakl muammolari to‘g‘risidagi dissertantning yangi ilmiy xulosalari teleradio, internet va bosma nashrlar faoliyatining sifat jihatdan yaxshilanishiga xizmat qilgan;
publisistika nazariyasi va amaliyoti, media janrlari, tili va uslubiga oid tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining amaliy faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2017 yil 20 yanvardagi 01-02/29-son ma’lumotnomasi). Natijada teleradiodasturlarni publisistik ruhda tayyorlashda, til va uslubda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xato va tushunmovchiliklarning oldini olishda nazariy asos bo‘lgan.