Karabaeva Muslima Iftixorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘simlik chiqindilari asosida uglerodli adsorbentlar olish va ularni sanoat oqava suvlarini tozalashda qo‘llash», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2750.
Ilmiy rahbar: Mirsalimova Saodat Raxmatjanovna kimyo  fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Ochilov Golib Mamayunusovich, kimyo fanlari dnomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik chiqindilari asosida uglerodli adsorbentlar olish va ulardan yog‘-moy korxonalari oqava suvlarini tozalashda foydalanish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida, ya’ni eryong‘oq po‘stlog‘i va qarag‘ay konusidan UA olish imkoniyati asoslangan;
EP-FA va QK-FA namunalari uchun termik pirolizni mos ravishda 6000S va 7000S haroratda olib borish maqbul sharoit ekanligi, chiqish unumi, kul miqdori va adsorbsion xususiyatlari benzol bug‘i adsorbsiyasi orqali isbotlangan;
10% li KON modifikatorining  EP-MA namunasi uchun 410 m2/g, QK-MA namunasi uchun 435 m2/g gacha solishtirma yuzalarining oshishi hisobiga NaOH dan nisbatan afzalligi isbotlangan;
modifikatsiyalangan uglerodli adsorbentlar mikrostrukturaviy o‘zgarishlari zamonaviy XRD-defraktometrida, IK-taxlili va SEM natijalari orqali isbotlangan;
ishqoriy modifikatsiyalash uglerodli materialni turli morfologik o‘zgarishlarga olib kelishi SEM tahlili asosida aniqlandi, natijada sof uglerod miqdori 87,9% dan 94,1% ga oshganligi isbotlangan. 
qarag‘ay konusi va eryong‘oq po‘chog‘i asosida modifikatsiyalangan adsorbent olish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
modifikatsiya qilingan QK-MA va EP-MA yordamida yog‘-moy korxonalari oqava suvlari tarkibidan yog‘ qoldiqlarini tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘simlik chiqindilari asosida uglerodli adsorbentlar olish va ulardan yog‘-moy korxonalari oqava suvlarini tozalashda foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qarag‘ay konusi (QK-MA) va eryong‘oq po‘chog‘i (EP-MA) asosida modifikatsiyalangan UA olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 22 fevraldagi KS/3-167-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida 2 barovar arzon uglerodli adsorbentlar olish imkonini beradi;
EP-MA va QK-MA yog‘-moy korxonalari sanoat oqava suvlari tarkibidan yog‘ qoldiqlarini tozalash texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 22 fevraldagi KS / 3-167-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘-moy sanoati oqava suvlari tarkibidan organik moddalar qoldiqlarini 97,5% ga tozalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish