Yusupova Gulshiraxan Zinatdinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirish tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped586. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishning nazariy asoslari va didaktik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirish jarayoni bir qator  pedagogik shart-sharoitlar yaratish asosida, didaktik vositalar va didaktik vaziyatlarga oid yondashuvlar ijodiy tafakkur bilan bir necha ruhiy holatlarni ham o‘zida mujassamlashtirib, hissiy-irodaviy va intellektual ijodiy layoqatlilik va shaxsga yo‘naltirilganlik parametrlari bo‘yicha takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizim tarkibi ichki psixologik qiziqish, idrok, xarakter, muloqot, xotira va tashqi pedagogik kitobxonlik, mustaqil o‘qib o‘rganish, matn va kichik loyihalar ustida ishlash, o‘z-o‘zini mustaqil ijodiy rivojlantirish omillarga ustivorlik berish asosida  aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishga yo‘naltirilgan kognitiv faoliyatni rivojlantirish texnologiyalari boyituvchi, innovasion, estetik, dinamik, muammoli, mavjud ob’ektlarni takomillashtiruvchi kreativlik kabi tarkibiy tashkil etuvchilar orasidagi aloqadorlikni ta’minlash shaxsning ijodiy tafakkurini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli o‘quv jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini rag‘batlantirish, ijodiy imkoniyatlari ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy tajribaning shaxsiy xarakter kasb etishiga erishish prinsiplarga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishning hissiy-irodaviy (o‘z-o‘zini nazorat qilish) va intellektual (o‘quvchilarning bilish faoliyatlari, ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish), ijodiy layoqatlilik va shaxsga yo‘naltirilganlik parametrlarini aniqlashga doir taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori   3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari”da belgilangan o‘zini o‘zi rivojlantirish tayanch kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 2 noyabridagi 02-02/4-1037-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlash ko‘nikmalari, muloqot va o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijodiy imkoniyatlari ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy tajribaning shaxsiy xarakter kasb etishiga erishish ko‘nikmlarining hosil bo‘lishiga erishilgan;
ichki psixologik va tashqi pedagogik omillar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizimning tarkibini aniqlashtirishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0903160552-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” nomli amaliy (2015-2017 yy.) tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining     2020 yil 2 noyabridagi 02-02/4-1037-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kreativ faollikka undovchi didaktik vaziyatlardan modulli o‘qitish jarayonida foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga, o‘quvchilarning axborotlarni saralash va o‘zlashtirish, o‘quv materiallarini o‘z tajribalariga singdirish, o‘z faoliyatlariga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish va o‘z-o‘zini boshqarish singari ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishga erishilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirishga yo‘naltirilgan kognitiv faoliyatni rivojlantirish texnologiyalari asosida shaxsning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini rag‘batlantirish, ijodiy imkoniyatlari ko‘lamini kengaytirish va ijtimoiy tajribaning shaxsiy xarakter kasb etishiga erishishga doir taklif va tavsiyalaridan  “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarga ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shallantirish mexanizmlari”  mavzusidagi fundamental loyihasini (2016-2019 yy.) bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetining 2022 yil 11 maydagi    02-07-1280/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlari, mayllari, hususiyatlari, layoqatlari, kechinmalari, fikrlari, maqsadlari, qo‘lga kiritgan natijalarni hissiy-fikriy baholash asosida jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy-madaniy me’yorlarga amal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish