Abdashimov Zafar Baxtiyarovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘riq sindromining farmakoterapiyasini optimallashtirishning klinik va farmakologik yondashuvlari (farmakokinetik va klinik jihatlari)», 14.00.17 – Farmakologiya av klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/TIb546.
Ilmiy maslahatchi: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Zufarov Pulat Soatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aminov Sallaxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Gel`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi  Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilarni biotransformatsiya faoliyatida farmakogenetik tadqiqotlar natijalarini hisobga olgan holda og‘riq sindromining farmakoterapiyasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor MDR1 genining S3435T polimorf markerining TT genotipi va T alleli og‘riq sindromida dori vositalarining salbiy reaksiyalari rivojlanishi bilan bog‘liqligining rivojlanishiga moyil bo‘lgan genetik xavf omillari aniqlangan;
CYP 2C19  G allelining mavjudligi endoskopik tasdiqlangan nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar ta’sirida gastropatiya bilan ishonchli bog‘liqligi va ularning rivojlanishi uchun xavf omili sifatida qaralishi mumkinligi asoslangan;
CYP 2C19 tashuvchilar metabolizmni tezlashtirganligi va proton nasos ingibitorlarining shilliq qavatning agressiv omillarga nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar qarshi turish qobiliyatini klinik samaradorligini pasayishiga olib kelib va gastropatiyalar paydo bo‘lishiga moyil bo‘lishi isbotlangan;
nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilardan foydalangan holda gastropatiyalar bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchi CYP2C9*3 allelik variantining tashuvchisi prognostik natijaning ijobiy qiymati 100%, salbiy 25%da aniqlangan; 
og‘riq sindromini davolash uchun ishlatiladigan dorilar vositalari A, V, S  sinflari bo‘yicha noto‘g‘ri taqsimlanib selektiv bo‘lmagan SOG ingibitorlari (A sinf) asosan ishlatilishi; eng kam sarflanadigan selektiv SOG-2 ingibitorlari kamdan-kam qo‘llanilishi asoslangan;
og‘riq sindromini bo‘lgan bemorlarda selektiv SOG-2 ingibitori ikkala guruhning o‘xshash klinik samaradorligiga ega bo‘lgan selektiv bo‘lmagan SOG ingibitori bilan taqqoslaganda samaradorligini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘riq sindromini hisobga olgan holda farmakoterapiyasini optimallashtirishga klinik va farmakologik yondashuvlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
og‘riq sindromida qulaniladigan dori vositalarining salbiy reaksiyalari hosil bo‘lish xavfi buyicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Og‘riq sindromini samaradorlik va xavfsizlik nuqtai nazaridan davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 8n-r/1077-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyalar dori vositalarining salbiy reaksiyalari rivojlanishini bashorat qilishni takomillashtirishga imkonini bergan;
og‘riq sindromi farmakoterapiyasini buyicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Og‘riq sindromi farmakoterapiyasini optimallashtirish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 8n-r/1077-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatmalar bizga asoratlar xavfi tuzilishini aniqlashda imkonini bergan;
nevrologik bemorlarda og‘riq sindromi farmakoterapiyasini buyicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Nevrologik bemorlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar va analgetiklarni tanlashda optimallashtirilgan yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 8n-r/1077-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatmalar nevrologik amaliyotda eng ko‘p ishlatiladigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar, analgetik guruhlarini va ularning terapevtik samaradorligini aniqlashga imkonini bergan.
Og‘riq sindromining tashxisi va oqibatini takomillashtirishni hisobga olgan holda tadqiqotning olingan ilmiy natijalari birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining nevrologiya bo‘limida, Toshkent tibbiyot Akademiyasi 3-sonli klinikasining nevrologiya bo‘limida, 1-sonli Samarqand Davlat tibbiyot instituti klinikasida, Buxoro shahridagi "Azizmed Shifo" xususiy klinikasida, Toshkent shahri 5-sonli shahar klinik shifoxonasida va 2 sonli Respublika klinik shifoxonada amaliyoti umumiy amaliyot shifokorlari faoliyatiga kiritildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 iyun 8n-z / 08-16817-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini birlamchi amaliy bajarilishi og‘riq sindromi bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon berdi, bu esa yuqori samaradorlik va xavfsizlikka ega zamonaviy dori-darmonlardan foydalanishga asoslangan ushbu nozologiyaning farmakoterapiyasi sifati va mavjudligini oshirishni ta’minlaydi. Farmakoekonomik hisob-kitoblar ko‘ra nevrologik bemorlarni davolashning yillik iqtisodiy xarajatlardan  22,3 foizga kamayishi ko‘zatildi, bu esa bemorlarning hayot davri sifati va davomiyligini yaxshilaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish