Sattorov Farxod Raxmatilloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Simmental zotli turli ishlab chiqarish tipidagi sigirlarning Zarafshon vohasi sharoitida mahsuldorlik va moslashuvchanlik xususiyatlari”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.RhD/Qx650.
Ilmiy rahbar: Ashirov Muradilla Ishankulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasi sharoitida simmental zotli sigirlarning maqsadga muvofiq bo‘lgan zot ichidagi tipini aniqlash, turli ishlab chiqarish tipidagi sigirlarning sut mahsuldorligi hamda moslashuvchanlik hususiyatlarini turli omillarga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon vohasi sharoitida simmental zotli sigirlarning    III laktatsiyada sut tipidagi sigirlarda ozuqani sutga aylantirish xususiyati yuqori bo‘lganligi sababli, sut mahsuldorligi 4077,0 kg ni tashkil etib, sut-go‘sht tipiga nisbatan 672,5 (3404,5) kg va go‘sht tipiga nisbatan 958,5 kg yuqori bo‘lganligi aniqlangan; 
tirik vazn va sut mahsuldorligi o‘rtasida ijobiy korrelyasion bog‘liqlik bo‘lganligi sababli, simmental zotli I laktatsiyadagi 471 kilogrammdan yuqori tirik vazndagi sigirlarning sutdorlik koeffisienti sut tipida 699,9 kg ni, sut-go‘sht tipida 650,5 kgni va go‘sht-sut tipida 591,8 kg ni tashkil etishi aniqlangan; 
sigirlarning ozuqani sut maxsuloti bilan qoplash darajasini ko‘rsatuvchi 1 kg tabiiy sut ishlab chiqarishga sarflangan ozuqa birligi sut, sut-go‘sht va go‘sht-sut tipida tegishlicha 0,86; 0,93 va 0,97 kg ni tashkil qilishi aniqlangan; 
Zarafshon vohasi sharoitidagi fermer xo‘jaliklarida simmental zotli sigirlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi baholanganda, ozuqani mahsulot birligiga aylantirish xususiyati yuqori bo‘lganligi sababli, rentabellik darajasi sut tipida eng yuqori bo‘lib, 39,5 foiz, sut-go‘sht tipida 36,7 foiz hamda go‘sht-sut tipida 33,9 foiz bo‘lishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon vohasi sharoitida simmental` zotli turli ishlab chiqarish  tipidagi sigirlarning mahsuldorlik va moslashuvchanlik xususiyatlari yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Simmental zotli sut ishlab chiqarish tipidagi sermahsul sigirlar guruhini yaratish” usuli Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani “K.Eldor” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 2 fevraldagi 02/23-62-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh sigirdan olingan mahsulotlarning rentabellik darajasi 39,2 foizdan 45,5 foizga oshishi kuzatilgan;
“Simmental zotli sut ishlab chiqarish tipidagi sermahsul sigirlar guruhini yaratish” usuli Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani “Sevar” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 2 fevraldagi 02/23-62-son ma’lumotnomasi). Natijada I-laktatsiyada bir bosh sigirdan olinadigan sof foyda 4150000 so‘mni tashkil qilgan;
“Simmental zotli sut ishlab chiqarish tipidagi sermahsul sigirlar guruhini yaratish” usuli Samarqand viloyatining Urgut tumani “Mullaqishloq nasl chorva” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 2 fevraldagi 02/23-62-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh sut tipidagi sigirdan olinadigan sof foyda 9905000 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish