Rejabboev Soxib Tojimirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tozalash korxonalarida tola chiqishini ko‘paytirish maqsadida chigit saralash qurilmasini takomillashtirish” 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T792.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dadaxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xusanov Sadi Maxammadxonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori RhD.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash korxonalarida tola chiqishini ko‘paytirish maqsadida jindan chiqqan chigitlarni bir me’yorda fraksiyalarga saralaydigan, shnekli-konveyerli saralagich yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jin mashinasidan chiqqan chigitlarni tashuvchi shnekli konveyerni samaradorligini oshirish maqsadida shnekli konveyerga to‘rli baraban o‘rnatib, ularni qarama qarshi tomonga aylatirish orqali 4 xil fraksiyalarga ajratuvchi chigit saralash qurilmasi yaratilgan.
chigit tashuvchi baraban hamda shnekli konveyerning ishchi parametrlarini aniqlashda to‘la omilli regression tenglamalardan foydalanib shnek tezligi 20 ayl/min hamda to‘rli yuza tezligi 20 ayl/min ekanligi aniqlangan;
saralash qurilmasi ishchi organlarining konstruktiv parametrlarini aniqlashda olingan sinov natijalarini matematik tahlil qilish orqali optimal qiymatlar ya’ni konveyer vinti hisobi bo‘yicha vint diametri 350 mm, vint qadami 280 mm va aylanish chastotasi 20,7 min-1, vintning quvvati 2,2 kVt bo‘lishi aniqlangan;
baraban aylanish soniga bog‘liq holda yangi shnekli barabanni qo‘llab, saralanayotgan puch chigitlar 0,4% ni, tukdorligi past bo‘lgan chigitlar 20,8% ni, linterlashga moyil bo‘lgan chigitlar 78,3% ni va tolasi bor chigitlar esa 0,5 % ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta chigitini turli fraksiyalarga ajratish, chigitlarni ajratib beradigan texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Yangi chigit saralash qurilmasi “Namangan paxta teks” MChJ ga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 22.10.2021. 03/12-252-son ma’lumotnomasi). Natijada tolador chigitlarni ushlab qolish samaradorligini 0,1% dan ÷ 0,2 % ga oshgan va elektr energiya sarfini 10% ga kamaytirishga erishilgan.