Xaydarova Dilrabo Raximjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Lamiaseae o‘simliklarining ayrim turlaridan shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K74.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Shavkat Voxidovich kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdulloev Obidjon Shaxobidinovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lamiaseae oilasiga mansub Phlomoides nuda va Scutellaria comosa o‘simliklarining tarkibidagi biologik faol moddalar, mikro- va makroelementlar miqdorini aniqlash hamda ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish va TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Namangan viloyati hududlarida o‘suvchi  Phlomoides nuda va Scutellaria comosa o‘simliklarining gullashdan oldingi va gullagan davridagi mikro- va makroelementlar miqdori aniqlangan; 
Phlomoides nuda o‘simligining suvli summasi in vitro tajribada konsentratsiyaga bog‘liq ravishda membrana tiklanishiga samarali ta’sir etuvchi gepatoprotektor xususiyati mavjud ekanligini isbotlangan; 
Namangan viloyatida o‘suvchi Phlomoides nuda va Scutellaria comosa o‘simliklarining gullashdan oldingi va gullash davridagi uchuvchan birikmalar tarkibi aniqlangan;
Namangan viloyatining hududida o‘suvchi  Phlomoides nuda va Scutellaria comosa o‘simliklari asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari yaratilgan va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha  tovar kodi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Lamiaseae oilasiga mansub Rhlomoides nuda va Scutellaria comosa o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash, ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish va kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Asixon” va “Ko‘kamaron” yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Sanitariya-epidemiologik xulosa olingan (№386077, 2022 y., O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022 yil 18 yanvardagi 31-8/279-son va 2022 yil 24 yanvardagi 31-8/399-son xatlari). Natijada, tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Asixon”  va “Ko‘kamaron” oziq-ovqat qo‘shilmalariga TIF TN bo‘yicha “Ko‘kamaron (Scutellaria comosa) va Olovli o‘t (Phomoides nuda) o‘simliklari asosida tayyorlangan tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun – 1212300007 tovar kodi bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 
22 yanvardagi 02/16-0027-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish