Sauxanov Janibek Kazievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrar tarmoqda tashqi samaralarni optimal tartiblashtirish va transaksiya xarajatlarini pasaytirish mexanizmlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va ctatictika (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/Iqt121.
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Tursun Shodievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Aimbetov Nagmet Kallievich, akademik, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Doschanov Tangirbergen Doschanovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisod fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrar tarmoqda tashqi samaralarning ta’sirini optimal tartiblashtirish va transaksiya xarajatlari tarkibini optimalashtirish asosida kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrar tarmoqda tashqi samaralarni optimal tartiblashtirishda, ichki va tashqi transaksiya xarajatlarini pasaytirishda, vertikal integratsiyalashgan korporativ tuzilmalardan foydalanishning miqdoriy baholashda variatsion kenglik ko‘rsatkichi asosida miqdor va sifat samaradorligini chegaraviy nuqtalarini aniqlash zarurligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish jarayoniga ta’sir qilayotgan tashqi samara (eksternaliy)-larni tartiblashtirishda soliq yukini belgilash imkoniyatlari mustaqil belgilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda tashqi samaralarni tartiblashtirishning transaksiya xarajatlari va risklarni kamaytirish, foyda normasini ko‘paytirish, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik samaradorlikni oshirishning optimizatsion modellash asosida mavsumiy tebranishlarni hisobga olish taklif etilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda, tashqi samarani optimal tartiblashtirishda suv xo‘jaligi faoliyatini rejalashtirish mintaqa suv resurslaridan oqilona foydalanishning barcha yo‘nalishlari: texnik va texnologik, ilmiy-texnikaviy, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarni hisobga olgan holda assimetriya ko‘rsatkichlarini hisoblash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligida tashqi samaralarni optimal tartiblashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘p variantli ekonometrik modellar yordamida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrar tarmoqda tashqi samaralarni optimal tartiblashtirish va transaksiya xarajatlarini pasaytirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrar tarmoqda tashqi samaralarni optimal tartiblashtirishda, ichki va tashqi transaksiya xarajatlarini pasaytirishda, vertikal integratsiyalashgan korporativ tuzilmalardan foydalanishning miqdoriy baholashda variatsion kenglik ko‘rsatkichi asosida miqdor va sifat samaradorligini chegaraviy nuqtalarini aniqlash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi №06/11-01-10/-491-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi tashqi samaralar mavjud bo‘lgan sharoitda transaksiya xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini yaratgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish jarayoniga ta’sir qilayotgan tashqi samara (eksternaliy)-larni tartiblashtirishda soliq yukini belgilash imkoniyatlari mustaqil belgilash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining qishloq xo‘jaligi islohotlari, ichki oziq-ovqat barqarorligini muvofiqlashtirish departamentining istiqbolli rejalari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi №06/11-01-10/-491-son ma’lumotnomasi). Erlar sho‘rlanish darajalarini qishloq xo‘jaligida mahsulot etishtirish hajmiga ta’sirini aniq miqdoriy qiymatlarini aniqlash usulini ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda tashqi samaralarni tartiblashtirishning transaksiya xarajatlari va risklarni kamaytirish, foyda normasini ko‘paytirish, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik samaradorlikni oshirishning optimizatsion modellash asosida mavsumiy tebranishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan ekonometrik modellar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi №06/11-01-10/-491-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan transaksiya xarajatlari va risklarni kamaytirishda texnologik samaradorlikni oshirishning tashqi samaralar ta’sirini aniqlashda foydalanilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda, tashqi samarani optimal tartiblashtirishda suv xo‘jaligi faoliyatini rejalashtirish mintaqa suv resurslaridan oqilona foydalanishning barcha yo‘nalishlari: texnik va texnologik, ilmiy-texnikaviy, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarni hisobga olgan holda assimetriya ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi №06/11-01-10/-491-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish qishloq xo‘jaligini suv resurslari tanqisligining turli sharoitlariga mos bo‘lgan rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
qishloq xo‘jaligida tashqi samaralarni optimal tartiblashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘p variantli ekonometrik modellar yordamida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 7 fevraldagi №06/11-01-10/-491-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari mintaqada chorvachilik yo‘nalishlari hamda chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.