Norqobilova Feruza Abduhomidovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikni tashkiliy-iqtisodiy  mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1854.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Murotova Nodira Qullievna, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyberganov Dilshod Tuxtaboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotga hunarmandchilikning rolini oshirish, hunarmandchilik mahsulotlari sifatini yaxshilash, hunarmandchilikda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida raqamlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikni mahalliy va global tarmoqlarda nazariy-institusional asoslarini tartibga solishda  sun’iy intellekt, blockchein texnologiyasini tatbiq qilish usuli taklif qilingan; 
milliy iqtisodiyotda hunarmandchilik muhitini  shakllantirishda “oila funksiyalari - tadbrikorlik – farovonlik” tuzilmasi integratsiyasining nazariy modeli taklif etilgan; 
milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikni rivojlantirishni ko‘rsatkichlari tizimini baholashda ortiqcha mehnat, vaqt, sarf-xarajatni qisqartirishni raqamlashtirishda tarmoq algoritmi taklif qilingan;
Qashqadaryo viloyatida hunarmandchilik korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikni tashkiliy-iqtisodiy  mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikni mahalliy va global tarmoqlarda nazariy-institusional asoslarini tartibga solishda  sun’iy intellekt, blockchein texnologiyasini tatbiq qilish usuli taklif qilingan. (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2022 yil 7 fevraldagi 11/01-15-864-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarda hunarmandchilik muhitining shakllanishini, hududiy-iqtisodiy o‘sish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadini oshirish imkoniyatini bergan;
milliy iqtisodiyotda hunarmandchilik muhitini  shakllantirishda “oila funksiyalari - tadbrikorlik – farovonlik” tuzilmasi integratsiyasining nazariy modeli bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyatidagi hunarmandchilik sub’ektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2022 yil 7 fevraldagi 11/01-15-864-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatidagi hunarmandchilik faoliyatining rivojlanishi tadbirkorlik salohiyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash sog‘lom raqobat muhiti shakllanish imkoniyatini bergan;
milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikni rivojlantirishni ko‘rsatkichlari tizimini baholashda ortiqcha mehnat, vaqt, sarf-xarajatni qisqartirishni raqamlashtirishda tarmoq algoritmi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyatidagi hunarmandchilik sub’ektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2022 yil 7 fevraldagi 11/01-15-864-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda joriy qilinishi natijasida kelgusi ilmiy tadqiqot ishlarda hunarmandchilikning rivojlanish baholashda hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni targ‘ibot qilish va sotish, mahsulotni eksport qilish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida hunarmandchilik korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognozlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2022 yil 7 fevraldagi 11/01-15-864-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qashqadaryo viloyatida hunarmandchilikning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olib, hududlardagi hunarmandchilikning ishlab chiqarish hajmi 2026 yilga borib 2020 yilga nisbatan 1,99 barobarga oshishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish