Solieva Dilafro‘z Valijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga etishtirish sharoitlarining ta’sir», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V329.
Ilmiy rahbar: Safarov Karimdjon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori; Jaynaqov Mirzoxid Sharabutdinovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitida turli istiqbolli soya navlarining bioekologik xususiyatlarini hamda ularning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga etishtirish sharoitlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor soyaning Serbiya seleksiyasiga mansub Sava, Viktoriya va Favorit navlari hamda mahalliy Orzu navi urug‘larining unuvchanligi va unish energiyalariga ul`trabinafsha nurlar va elektromagnit impul`slari hamda o‘sish stimulyatorlarining ta’siri aniqlangan;
urug‘larga ekishdan oldin fizik omillar va biostimulyatorlar bilan ishlov berish o‘rganilgan soya navlarining o‘sishi va rivojlanishi jadalligiga hamda morfobiologik belgilariga ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan;
o‘simliklar rivojlanish fazalari muddatlarining genotipga va o‘stirish sharoitlariga bog‘liqligi aniqlangan;
soya navlari barglarida fotosintez sof mahsuldorligi o‘simliklar rivojlanish davrlarida o‘zgarib, yalpi gullash davrida yuqori bo‘lgan hamda soya navlari urug‘lariga ishlov berilganda fotosintez sof mahsuldorligini ortganligi aniqlangan;
soya navlari urug‘larini gektariga 400 000 dona qilib ekilganida don hosildorligi Sava va Viktoriya navlarida 5,8 – 6,0 s/ga, Favorit va Orzu navlarida 2,3 – 3,8 s/ga ortganligi aniqlangan;
urug‘larga ekishdan oldin fizik omillar va biostimulyatorlar bilan ishlov berilganda o‘rganilgan soya navlarining hosildorligi  hamda doni tarkibidagi oqsil va moy miqdori ortganligi isbotlangan;
soya hosildorligini oshirish yangi adaptiv navlarni ekish va ularni etishtirish usullarini takomillashtirishga bog‘liqligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga etishtirish sharoitlarining ta’sirini aniqlash  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
soyaning Sava, Viktoriya va Favorit navlari Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Muslimbek-Muxsinbek” va “Abduvahob Shukrullo” fermer xo‘jaliklari dalalarida istiqbolli ekin sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 noyabridagi 02/021-4576-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan hududlarda asosiy ekin sifatida ekilgan soya navlaridan yuqori xosil olish imkonini bergan;
ultrabinafsha nurlar, past chastotali elektromagnit impulsi va ularning birgalikdagi ta’siri Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi “Abduvaxob Shukurullo fermer xo‘jaligida soyaning Sava navida va Muslimbek-Muxsinbek” f/x da Sava, Favorit va Orzu navlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 noyabridagi  02/021-4576-son ma’lumotnomasi). Natijada, "Abduvahob Shukrullo" f/x da Sava navidan 36,5 s/ga, Viktoriya navidan 31,8 s/ga, Favorit navidan 24,2 s/ga, Orzu navidan 22,8 s/ga, “Muslimbek-Muxsinbek” f/x da esa Sava navidan 38,2 s/ga, Viktoriya navidan 32,5 s/ga, Favorit navidan 28,8 s/ga, Orzu navidan 26,5 s/ga  don olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish