Yusupov Ulug‘bek Karim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonning ba’zi dorivor o‘simliklari endofit zamburug‘larining antibakterial xususiyatlari», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B656.
Ilmiy rahbar: Abdulmyanova Liliya Ilyasovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxammedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Pulatova Ozoda Mansurovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Botanika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: barqaror antibakterial xususiyatga ega biologik faol moddalar sintez qiluvchi endofit zamburug‘larni ajratib olish hamda antibakterial metabolitlar hosil qilish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida o‘suvchi ayrim dorivor o‘simliklar hamda ularda yashovchi endofit zamburug‘larning antibakterial xususiyatlari o‘rtasidagi aloqadorligi aniqlangan. 
ilk bor O‘zbekiston hududida o‘suvchi Peganum harmala dorivor o‘simligidan Penicillium avlodiga mansub yuqori antibakterial faollikga ega moddalar sintezlovchi Penicillium roqueforti 12Ph endofit zamburug‘ shtammi ajratib olindi va identifikatsiya qilingan; 
ilk bor O‘zbekiston hududida o‘suvchi ayrim dorivor o‘simliklarning endofit zamburug‘lari ikkilamchi metabolitlari tarkibida antibakterial xususiyatga ega geksadekan kislotasining metil efiri; n-geksadekan kislota; 9,12-oktadekadien kislota (Z,Z) va karbendazim kabi moddalar asoslangan;
endofit zamburug‘ Penicillium roqueforti 12Ph shtammidan ajratib olingan ikkilamchi metabolitlarining patogen mikroorganizmlar, jumladan, metisillinga chidamli Staphylococcus aureus ning bioqatlam hosil qilishiga yuqori ingibirlovchi hamda hosil bo‘lgan bioqatlamga parchalovchi ta’sirlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston dorivor o‘simliklari endofit zamburug‘larining antibakterial birikmalar hosil qilish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikroblarga qarshi faollikka ega bo‘lgan Thielavia microspora mouchacca- MO46L endofit zamburug‘i shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAR 01513, 2020 y). Natijada, Melissa officinalisdan ajratib olingan Thielavia microspora mouchacca- MO46L shtammi O‘zbekiston xududida o‘suvchi dorivor o‘simliklar endofit zamburug‘larining antibakterial xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Melissa officinalis (dorivor melissa) bargidan ajratib olingan Thielavia microspora mouchacca-MO46L endofit zamburug‘i ikkilamchi metabolitlarining quruq ekstraktidan №VA-FA-A6-005 “O‘zbekiston ba’zi dorivor o‘simliklardagi endofit zamburug‘larni sun’iy o‘stirishda biofaol ikkilamchi metabolitlari hosil qilishi sharoitlarini ishlab chiqish” amaliy loyihasida shartli patogen mikroorganizmlar qarshi antibakterial faolligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 2 fevraldagi 4/1255-234-son ma’lumotnomasi). Natijada, antibakterial moddalarning produsenti Thielavia microspora -MO46L dorivor o‘simliklar endofit zamburug‘larini aksenik sharoitida kultivatsiya qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish