Norov Toxirbek Mirzoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zada Fusarium oxysporum f.sp. vasinfectum rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan FOV genlarining RNK interferensiyasi va viltga chidamli biotexnologik liniyalar olish», 03.00.14 - Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/V226.
Ilmiy rahbar: Bo‘riev Zabardast Tojiboevich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Toxir Axmadovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boboev Sayfullo G‘afurovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zada Fusarium oxysporum f.sp. vasinfectum (FOV) rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan FoSTUA genining RNK- interferensiyasi, chidamlilikka aloqador mikroRNKlar tanlash va viltga chidamli biotexnologik nav va tizmalar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuzariozli vilt kasalligiga chidamlilikni ta’minlovchi yangi mikroRNK lar topilgan;
bioinformatik dasturlar yordamida topilgan mikroRNK larning biologik va molekulyar funksiyalari aniqlangan;
ilk bor zamburug‘ning FoSTUA genlarini g‘o‘za o‘simligida interferensiyalovchi pART-127_FoSTUA vektor konstruksiyalar tuzilgan;
pART-127_FoSTUA vektor konstruksiyalarini Koker-312 g‘o‘za o‘simligiga transformatsiya qilish orqali yangi biotexnologik genotiplar olingan;
transformant o‘simliklardagi gen-konstruksiya nusxalari soni va gen ekspressiya darajasi aniqlangan;
invertlangan FoSTUA geni fragmentini tutuvchi T-DNK transformant g‘o‘za genotiplarida vilt kasalligiga chidamlilik xususiyatlarini oshirishi aniqlangan;
biotexnologik genotiplarni mahalliy navlarga duragaylash orqali yangi duragay kombinatsiyalar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘zada Fusarium oxysporum f.sp. vasinfectum rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan FOV genlarining RNK interferensiyasi va viltga chidamli biotexnologik liniyalar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning vilt kasalliklariga chidamli biotexnologik liniyalaridan №FA-F-QX-2018-392 “RNAi texnologiyasi yordamida g‘o‘zaning vilt kasalligiga chidamli navlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida g‘o‘zaning vilt kasalliklariga chidamli navlarini olishda donor genotip sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 20 yanvardagi 4/1255-136-son ma’lumotnomasi). Natijada, RNK interferensiya texnologiyasi orqali paxtachilikda seleksion jarayonlarni rivojlantirish va fuzariozli vilt kasalliklariga chidamli biotexnologik navlar yaratish imkonini bergan;
Bardosh g‘o‘za navi va vilt kasalligiga chidamli biotexnologik liniyalarning mahalliy navlar bilan o‘zaro duragay kombinatsiyalari Genomika va bioinformatika markazi “Genom texnologiyalari asosida yaratilgan noyob g‘o‘za va boshqa ekinlar genofondi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 20 yan`vardagi 4/1255-143-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu namunalar g‘o‘za germoplazmasi kolleksiyasini boyitgan va RNKi texnologiyasi orqali g‘o‘zaning fuzariozli vilt kasalligiga chidamli, tola sifati, va etrapisharlik belgilarini piramidalash asosida yangi liniyalar olish imkonini bergan;
Bardosh g‘o‘za navi 2020-2021 yillarda Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi “Diyorbek Obod Zamini” fermer xo‘jaligining dala maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 31 yanvar` 01/03-0260-son ma’lumotnomasi). Natijada, Bardosh g‘o‘za navining vilt kasalligiga chidamliligi xisobiga nazorat nav (Buxoro-6) ga nisbatan 3-5 s/ga yuqori hosil va 5-8 kunga erta pishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish