Sulaymonov Ma’ruf Abduxolikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori mahsuldor sigirlarning alimentar bepushtliklarini oldini olishda vitamin-mineralli ozuqaviy aralashmalarni qo‘llash», 16.00.01 - Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/V11.
Ilmiy rahbar: Norboev Qurbon Norboevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Tursagatov Jahongir Mamatovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtliklarning etiologiyasi, iqtisodiy zarari, simptomlari, ertachi tashxis qo‘yish usullarini o‘rganish hamda oldini olishda vitamin-mineralli ozuqaviy aralashmalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining qoramolchilik xo‘jaliklari sharoitidagi mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtliklarning klinik-biokimyoviy statusi aniqlangan;
mahsuldor sigirlarda bepushtliklarning etiologiyasi alimentar xarakterga ega ekanligi va qondagi gemoglobin, glyukoza, umumiy kal`siy, anorganik fosfor, kobal`t, marganes, rux miqdorining kamayishi bilan kechishi tajribalarda isbotlangan;
sigirlarda bo‘g‘ozlikni 15-kunidan boshlab aniqlashning ekspresc-test usuli takomillashtirilgan;
mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtliklarni oldini olish uchun ovariotropin gormonol – vitaminli preparatini 4,5 ml/100 kg miqdorda qo‘llash usuli ishlab chiqilgan;
granula shaklidagi boyitilgan omuxta emning sigirlar organizmiga va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi hamda urug‘lanish samaradorligini 86,64 foizgacha oshirishi tajribalarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori mahsuldor sigirlarning alimentar bepushtliklarini oldini olishda vitamin-mineralli ozuqaviy aralashmalarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
«Yuqori mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi №02/23-342-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar asosida vitamin va mineral moddalar bilan boyitilgan granula shaklidagi omuxta emning berilishi va ovariotropin preparatining qo‘llanilishi sigirlarda reproduktiv xususiyatlarning yaxshilanishi, sut mahsuldorligining o‘rtacha 30-40% ga oshishi, ulardan tug‘ilgan buzoqlarning hayotchanligi yuqori va sog‘lom bo‘lishiga erishish imkonini bergan;
Samarqand viloyatining qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida sigirlarning alimentar bepushtliklarini oldini olish uchun ularning ratsioniga 0,84% monokal`siyfosfat va 0,042% Introvit A+WS qo‘shib tayyorlangan boyitilgan granula shaklidagi omuxta emni 1 kg/100 kg tana vazni hisobida 90 kun davomida berish usuli ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi №02/23-342-son ma’lumotnomasi). Bunda sigirlar organizmida vitamin va mineral moddalar almashinuvi  darajasining fiziologik me’yorlar darajasida yaxshilanishi hamda alimentar bepushtliklarning oldini olishda 86,64% samaradorlikka erishilgan.
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani «Mustafoqul polvon dalasi» va Jomboy tumanidagi «Dona bobo» qoramolchilik xo‘jaliklaridagi yuqori mahsuldor sigirlarning servis davri 60 kundan o‘tganlariga ovariotropin gormonol – vitaminli preparatini 4,5 ml/100 kg miqdorda qo‘llash usuli ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi №02/23-342-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsuldor sigirlarda jinsiy siklning to‘liq kuzatilishiga hamda kuyikishning 93,33% bo‘lishiga erishilgan, bunda iqtisodiy samara 1 bosh sigir uchun sarflangan 1 so‘m hisobiga olingan foyda o‘rtacha 15,0 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish