Begisheva Raushaniya Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infeksiyasidagi immun va endokrin tizimlarining o‘zaro bog‘liqligi» ixtisoslik shifri: 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1016.
Ilmiy rahbar: Zalyalieva Mar`yam Valiaxmedovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyodullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
ARVT fonida va ARVTsiz OIV bilan yashaydigan odamlarda immun va endokrin tizim xolati va ularning ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqligi aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor OIV infeksiyasining turli bosqichlarida O‘NO-α miqdorining keskin ortishi kasallik klinik ko‘rinishi og‘irligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi xamda SD4+ limfotsitlar absolyut soni ortishiga teskari proporsional bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor ARVTsiz OBYaO erkaklar va ayollarda yallig‘lanishga xos (IFN-γ) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlari miqdorining keskin ortish xolati ARVT fonida esa pasayishi isbotlangan;
ilk bor ARVT fonida OBYaO erkaklar va ayollarda prolaktin darajasi me’yor chegaralardan yuqoriligi, qalqonsimon bez funksiyasi uchun mas’ul bo‘lgan TTG va erkin T4 gormonlari ARVTga bog‘liq bo‘lmagan xolda nazorat qiymatlari doirasida ekanligi aniqlangan;
ilk bor OBYaO erkaklar va ayollarda IL-10 va IFNγ ning prolaktin bilan yuqori darajadagi bog‘lanishi xamda sitokinlar va gormonlar o‘rtasidagi bog‘lanishining ARVT fonida yo‘qolishi organizmning immun-endokrin boshqaruvi adaptiv mexanizmlariga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV infeksiyasida immun va endokrin tizimlarining o‘zaro bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
OIV bilan yashaydigan shaxslarda o‘tkazilgan immunologik tadqiqotining ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Opportunistik infeksiyalarda OBYaOdagi SD4+T limfotsitlari va bir qator gormonlar ko‘rsatkichlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 maydagi 8n-d/168-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilinishi OIV bilan yashaydigan shaxslarda kasallikning rivojlanishi, klinik kechishini erta bashoratlash va davolash samaradorligini aniqlashga xizmat qilgan;
OIV infeksiyasida immun va endokrin tizimlarining o‘zaro bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi va Andijon viloyati OITSga qarshi kurash markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 maydagi 08-13919-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi OIV infeksiyasining turli bosqichlarida immun va endokrin tizim holatini aniqlash, olib borish va davolash taktikasini optimallashtirish, opportunistik kasalliklar davomiyligi va asoratlarini oldini olish va davolash harajatlarini kamaytirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.