Shaislamova Mukambar Saidivalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichak parazitozlarining teri allergik kasalliklari etiopatogenezidagi ahamiyati» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib715.
Ilmiy rahbar: Zalyalieva Maryam Valiaxmedovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Osipova Svetlana Olegovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ziyodullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, Shodjalilova Mukarram Salimjanovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichak parazitozlarining teri allergik kasalliklari (AD, SSQ va O‘Q) etiopatogenezidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor AD, SSQ va O‘Q bemorlarda kasallikni klinik kechishi patogen ichak parazitlari (A. lumbricoides, E. vermicularis, H. nana va G. lamblia) bilan zararlanganlik darajasi yuqoriligi va allergik jarayon biomarkerlari (IgE va IL-4) miqdorlarining keskin ortishiga  bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor AD va SSQ bemorlar ichak protistofaunasi tarkibida Blastocystis sp. aniqlanishi allergik jarayonni qo‘zg‘atuvchi qo‘shimcha trigger bo‘lib, AD kechishini og‘irlashtirishi, umumiy zardob IgE, yallig‘lanishga qarshi (IL-4) va yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorining ortishi (IL-1β, FNO-α, IL-6) va SRO ortishi xamda ovqat allergenlariga gipersensensibilizatsiyasiga olib kelishi asoslangan;
ilk bor AD, SSQ va O‘Q bemorlar organizmidan ichak parazitlari va Blastocystis sp. eliminatsiyasi ularning SCORAD va UAS7 tizimi bo‘yicha klinik xolati stabillashuviga hamda allergik jarayon biomarkerlari (IgE va IL-4) miqdorlarini me’yor darajalarigacha pasayishi aniqlangan;
ilk bor yondosh blastotsistoz, lyamblioz, gimenolepidoz va askaridoz bilan kechuvchi AD, SSQ va O‘Q bemorlarida kasallikning klinik kechishi darajasi og‘irligi immunitetning gumoral bo‘g‘inidagi IgE, IgM va IgG immunoglobulinlar miqdorlari ortishi, IgA miqdori pasayishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ichak parazitozlarining teri allergik kasalliklari etiopatogenezidagi ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichak parazitozlari va Blastocystis sp. ni bemorlar immunologik va allergologik holatiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ichak parazitozlari, jumladan blastotsistozni tekshirish va davolash bilan allergodermatozlarni davolashni samaradorligini oshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/231-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy qilinishi AD, SSQ va O‘Q bilan xastalangan bemorlar kasallik kechishiga salbiy ko‘rsatayotgan ichak parazitozlari va blastotsistozni erta aniqlash xamda o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
ichak parazitozlari va Blastocystis sp. ni teri allergik kasalliklari etiopatogenezidagi ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxar №3 bolalar klinik shifoxonasi va “IDEAL PROF PLUS” klinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 apreldagi 08-11023-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi AD, SSQ va O‘Q bilan xastalangan bemorlarni olib borishni optimallashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish xamda to‘g‘ri davolash taktikasini qo‘llash hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish