Ergashov G‘ayrat Xudayorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poliz ekinlari ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina qo‘shkorpusi va yumshatkichining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2715
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori; Islomov Yorqin Iskandarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘alladan bo‘shagan dalalarga poliz ekinlari ekish uchun tuproqni yo‘lakli ekishga tayyorlashda mehnat unumdorligini oshirish va energiya-resurstejamkorlikni ta’minlaydigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘alladan bo‘shagan dalalarni poliz ekinlari ekish uchun sifatli va qisqa muddatlarda tayyorlashda yumshatkichli qo‘shkorpus, o‘ng va chapga ag‘daruvchi korpuslar, chuquryumshatkich va ariq hosil qilgichdan tashkil topgan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
mashina qo‘shkorpusining qamrash kengligi va balandligi palaxsani belgilangan masofaga to‘liq ag‘darishni ta’minlash va ag‘darilish jarayonida korpusga tiqilib qolmasligi shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan;
yumshatgichning qamrash kengligi, uvalash va qanotlarining ochilish burchaklari o‘simlik qoldiqlarini sirpanib to‘liq kesilishi va tuproqni sifatli uvalanishi sharti asosida asoslangan;
mashina qo‘shkorpusi, asosiy korpusi, yumshatkichi va chuquryumshatkichi orasidagi bo‘ylama va ko‘ndalang masofalar ularning tuproqni deformatsiyalash zonalari va uni sifatli yumshatilishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Poliz ekinlari ekish uchun tuproqqa ishlov berish kombinatsiyalashgan mashinasi qo‘shkorpusi va yumshatkichi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uyg‘unlashgan tuproqqa ishlov berish quroliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Uyg‘unlashgan tuproqqa ishlov berish quroli», № FAP 01125, 2016 y.). Natijada g‘alladan bo‘shagan dalalarni poliz ekinlari ekishga tayyorlaydigan mashinani ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
g‘alladan bo‘shagan dalalarni bir o‘tishda poliz ekinlari ekishga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan mashina Qashqadaryo viloyati Qarshi, Qamashi va Nishon tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5077-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘alladan bo‘shagan dalalarda tuproqni poliz ekinlari ekish uchun tayyorlashda yonilg‘i sarfi 22,3 foizga, mehnat sarfi 36,8 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 27,7 foizga kamaygan;
g‘alladan bo‘shagan dalalarni poliz ekinlari ekishga tayyorlaydigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqishni o‘zlashtirish uchun dastlabki talablar, texnik topshiriq va loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining
2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5077-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘alladan bo‘shagan dalalarni poliz ekinlari ekishga tayyorlaydigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.