Martazaev Abdurasul Shukirillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bazal`t tolalari bilan dispers armaturalangan ko‘ndalang egilishdagi temirbeton to‘sinning mustahkamligi va kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati”, 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2722.
Ilmiy rahbar: Razzaqov Sobirjon Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Shaumarov Said Sanatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmirzaev Sattor Abdujabborovich. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘ndalang egilishdagi fibrotemirbeton to‘sin konstruksiyalarining mustahkamligini bazal`t tolalari bilan dispers armaturalash orqali oshirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fibrotemirbeton to‘sin konstruksiyalari uchun bazal`t tolalarning optimal miqdori (0,1÷0,3 %) va uzunliklari (5÷30 mm) eksperimental tadqiqotlar orqali aniqlangan; 
mahalliy bazal`t tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetonning siqilishdagi mustahkamligi -Rfb,n hamda cho‘zilishdagi qoldiq qarshiliklari - Rfbt2,n va Rfbt3,n qiymatlari eksperimental sinov natijalari orqali aniqlangan va tadqiqotlarda B25 sinfdagi beton dispers armaturalanganda mustahkamligi jihatidan B30 sinfga yaqinlashishi ishlab chiqilgan;
mahalliy bazal`t tolalari asosida dispers armaturalangan fibrotemirbeton to‘sinlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va mustahkamligi 40 tn li vertikal yuk bera oladigan maxsus ishlab chiqilgan stend qurilmasi yordamida aniqlangan, ilmiy natijalar olingan va fibrotemirbeton to‘sinlarning mustahkamligi oddiy to‘sinlarga nisbatan 10÷19 % ga ortishi ishonchli eksperimental sinovlar yordamida asoslangan;
materiallarning chiziqli bo‘lmagan deformatsiyasini hisobga olgan holda, AVAQUS dasturiy ta’minot to‘plamida chekli elementlar usuli orqali bazal`t tolalari asosida dispers armaturalangan fibrotemirbeton to‘sin konstruksiyalarining kuchlanganlik-deformatsiyanuvchanlik holati, mustahkamligi, normal darzlarning hosil bo‘lishi va kengayishi hisoblangan hamda yangi amaliy hisoblash dasturlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bazal`t tolalari bilan dispers armaturalangan ko‘ndalang egilishdagi temirbeton to‘sinning kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati, mustahkamligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bazal`t tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobeton va fibrotemirbeton ishlab chiqarish “Best profil” MChJ, “Oqtosh temir-beton mahsulotlari” MChJ qurilish korxonalarida joriy qilingan (O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasining 2022 yil 07 martdagi 05/15-616-son ma’lumotnomasi). Natijada bazal`t tolalari bilan dispers armaturalash mustahkamlikni ortishiga olib kelgan va shu bilan birga sement sarfini 10-15 % ga qisqartirish imkonini bergan;
fibrobeton ishlab chiqarish “Bunyodkor-3” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 16 martdagi 09-06/2561-son ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 483 950 000 (to‘rt yuz sakson uch million to‘qqiz yuz ellik ming) so‘mni tashkil etgan;
bazal`t tolalari bilan dispers armaturalangan egiluvchi fibrotemirbeton to‘sinlarni mustahkamlikka hisoblash dasturi “Kommunalta’mirloyiha” MChJda loyihalash ishlari uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 16 martdagi 09-06/2561-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash va hisoblash jarayonlariga sarflanadigan mehnat sarfi-vaqtni 15% gacha tejalishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish