Mardonov Umidjon Toxir o‘g‘liningning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kesib ishlov berishda moylovchi sovituvchi suyuqlikka magnit maydoni ta’sirini tadqiq qilish», 05.02.05 – “Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalarini va jarayonlari. Stanoklar va asbob-uskunalar”ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1607
Ilmiy rahbar: Umarov Erkin Odilovich, texnika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor; Nugmanov Ikrov Nugmanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Metallarni kesib ishov berishda moylovchi sovituvchi suyuqliklarga magnit maydoni ta’sirini tadqiq qilish asosida tezkesar po‘latdan yasalgan kesuvchi asboblarning eyilishga bardoshliligini oshirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metallarni kesib ishlov berishda kesuvchi asbobning eyilishga bardoshliligini tadqiqot qilish uchun moylovchi-sovituvchi suyuqliklarni oqim holatida magnitlash hamda magnit maydon induksiyasini nazorat qilishni soddalashtirish imkoniyatini beruvchi sxema va texnologiya ishlab chiqilgan;
moylovchi-sovituvchi suyuqliklarga tinch holatida va oqim holatida magnit maydonini ta’sir ettirish asosida suyuqliklarning fizik xossalarining o‘zgarish mexanizmi va bu o‘zgarishning magnit mayon induksiyasiga bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
metallarni kesib ishlov berishda moylovchi-sovituvchi suyuqlik muhitiga magnit maydonini ta’siri natijasida suyuqliklarning fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi asosida kesuvchi asbobning orqa yuzasi bo‘yicha eyilishining kamayishi aniqlangan;
tanlangan moylovchi-sovituvchi suyuqlik muhitilarida metallarni kesib ishlov berishda kesuvchi asbob orqa yuzasi bo‘yicha eyilishini kesish tezligiga bog‘liqligi asosida kesuvchi asbob eyilishini nazorat qiluvchi matematik model ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mashinasozlikda metallarga magnitlangan moylovchi-sovituvchi texnologik muhitlarda kesib ishlov berishda kesuvchi asboblarni eyilishga bardoshliligini oshirishni ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan nazariy va experiment natijalari asosida:
moylovchi-sovituvchi suyuqlikni sovutish xususiyatini oshirish uchun uni oqib turgan holatda magnitlovchi qurilma AJ “SUVSANOATMASh” ishlab chiqarish zavodiga joriy qilingan (AJ “O‘ZBEKGIDROENERGO” ning 2022 yil 18-yanvardagi 03-21/176 sonli ma’lumotnomasi). Natijada moylovchi sovituvchi suyuqlikning kinematik qovushqoqligi 15–20% ga kamaydi va sovutish xususiyati 15% ga oshgan;
tezkesar po‘latdan tayyorlangan kesuvchi asboblarning eyilishini kamaytirish maqsadida AJ “SUVSANOATMASh” zavodidagi tokarlik dastgohlarida metallarni kesib ishlov berish jarayoniga magnitlangan moylovchi-sovituvchi suyuqiklar joriy qilingan (AJ “O‘ZBEKGIDROENERGO” ning 2022 yil 18-yanvardagi 03-21/176 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tokarlik kesuvchi asbobining eyilishga bardoshliligi 1,18-1,22 marta oshishining imkoniyati yaratilgan;
moylovchi sovituvchi suyuqlikni magnitlash sxemasi va rejimlari AJ “SUVSANOATMASh” zavodidagi tokarlik dastgohlariga joriy qilingan (AJ “O‘ZBEKGIDROENERGO” ning 2022 yil 18-yanvardagi 03-21/176 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moylovchi-sovituvchi suyuqlikning ishqoriy muhiti (pH) 15 foizga oshdi va suyuqlikning ishlash muddati 15 foizga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish