Nurmaxanov Kayrat Erpayizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1564. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Cayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor, Ergashev Jamshid Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o‘qitishni takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturining rivojlantiruvchi-ta’limiy imkoniyatlari algebraga oid va geometrik masalalarni uzluksiz modellashtirish, tenglamaga kiritilgan parametrlarning o‘zgarishi va bevosita chizmalarni namoyish etishning 3D ta’siri animatsiyasini kiritish asosida aniqlangan;
elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi samaradorligi dastur interfeysi va unda ishlash usullarini o‘zlashtirish hamda teoremalarni isbotlash usullarining kognitiv-funksional imkoniyatlari muhitning makoniy-predmetli, ijtimoiy komponentlari asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o‘qitish metodikasi nuqtalarning koordinatalarini transformatsion modellashtirish hamda dinamik chizmalar yordamida masalalarni vizualizatsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o‘qitish jarayoni ta’lim jarayoni intensivligi ham tahsil oluvchilarning modalli xarakteristikalarini hisobga olish hamda proeksion geometriya kurslari mazmunini tashqi faktorlar ta’siriga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar:
elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturining rivojlantiruvchi-ta’limiy imkoniyatlari algebraga oid va geometrik masalalarni uzluksiz modellashtirish, tenglamaga kiritilgan parametrlarning o‘zgarishi va bevosita chizmalarni namoyish etishning 3D ta’siri animatsiyasini kiritish asosida aniqlangan takliflar asosida “Analitikaliq geometriyadan mәseleler jiynag‘i” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘i bilan berilgan 110-074-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda axborot-kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishning integrativ dasturiy ta’minoti samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi samaradorligi dastur interfeysi va unda ishlash usullarini o‘zlashtirish hamda teoremalarni isbotlash usullarining kognitiv-funksional imkoniyatlari muhitning makoniy-predmetli, ijtimoiy komponentlari asosida takomillashtirishga oid takliflar OT-F1-118 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy axborot kompetentligini shakllantirish tamoyillarini tadqiq etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 noyabrdagi 02-07-3542/04-son dalolatnomasi). Natijada GeoGebra dasturi va uning imkoniyatlaridan ta’lim sifatini oshirish jarayonida foydalanishiga erishilgan;
elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o‘qitish metodikasi nuqtalarning koordinatalarini transformatsion modellashtirish hamda dinamik chizmalar yordamida masalalarni vizualizatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Analitikaliq geometriyadan mәseleler jiynag‘i” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘i bilan berilgan 110-074-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
elektron ta’lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o‘qitish jarayoni ta’lim jarayoni intensivligi ham tahsil oluvchilarning modalli xarakteristikalarini hisobga olish hamda proeksion geometriya kurslari mazmunini tashqi faktorlar ta’siriga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar asosida “Analitikaliq geometriyadan mәseleler jiynag‘i” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘i bilan berilgan 110-074-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi talabalarida GeoGebra dasturidan foydalanish metodikasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish