Vaisova Nodirabegim Avazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buyuk ipak yo‘lida sug‘d manzilgohlari va uning tarixiy axamiyati”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar455.
Ilmiy rahbar: Kobzeva Ol`ga Petrovna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori; Babayarov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilk o‘rta asrlarda sug‘diylarning Buyuk Ipak yo‘lida manzilgohlar yaratishi kontekstida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlardagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sug‘diylar Markaziy Osiyoning o‘ziga xos etnosi (xalqi) bo‘lib, ijobiy savdo-vositachilik qobiliyatlari tufayli asrlar davomida Evroosiyo qit’asida diplomatik, iqtisodiy, madaniy munosabatlarda bog‘lovchi bo‘g‘inga aylanlanganligi isbotlangan;
Sug‘d davlatchiligi  shakllangan davrdan VIII asr boshlarigacha so‘g‘diylarda yagona pul birligi va soliq tizimining mavjud bo‘lganligi, sug‘d harbiy kuchlarining tashqi dushmanlarga qarshi birlasha olganligi, diniy bag‘rikengligi dastlabki davrdan sug‘diylarning asosiy qarorgohi hisoblangan Samarqandning poytaxt sifatida tan olinishiga asos bo‘lganligi aniqlangan; 
Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan sug‘d qabilalari davlat boshqaruvidagi bag‘rikenglik, o‘zaro qo‘llab -quvvatlashdagi tashabbuskorlik, jamoaviy birlashganliklari sababli qadimgi turk qabilalari hamda xitoyliklarning davlat boshqaruvini tizimlashtirishda sivilizatorlik vazifasini o‘taganligi aniqlangan; 
Sug‘diylarning Xitoy bilan diplomatik aloqalari Sharqiy Turkiston mintaqasida savdo, davlat boshqaruvi, shaharsozlik, yozuv madaniyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatganligi sug‘d konfederatsiyasining xitoy-sug‘d raqobatchiligida yetakchilik rolini bajarishga asos bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buyuk Ipak yo‘lida Sug‘d manzilgohlari va uning tarixiy ahamiyatini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:   
sug‘diylar tarixi va sug‘d madaniyatini o‘rganish masalalari bilan bog‘liq natijalar va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qanunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalari qo‘mitasi faoliyatida, xususan, ulardan XXR bilan aloqalarni mustahkamlash, Milliy madaniyat markazlari, Do‘stlik jamiyatlari faoliyatida ham foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020 yil 18 noyabrdagi 04/5-05-34-son ma’lumotnomasi). Natijada dunyoda sug‘diylar tarixi va madaniyatini o‘rganish, xalqaro turizmni rivojlantirishda Buyuk Ipak yo‘lida sug‘diylar manzilgohlari tarixi haqidagi materiallardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surilgan;
Buyuk Ipak yo‘lida Sug‘d manzilgohlari tarixini, xususan, sug‘diylarning O‘zbekiston hududida choy savdosi bilan shug‘ullanganlarini o‘rganish natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2019 yil 12 oktyabrda efirga uzatilgan “Xayrli kun” nomli ilmiy-ma’rifiy dasturini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” davlat unitar korxonasining 2019 yil 12 oktyabrdagi 01-14-464-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dastur mazkur mavzuga qiziqishni oshirishga va o‘zbek choy ichish an’anasining o‘ziga xos xususiyatlarini ommalashtirishga xizmat qilgan;
Sug‘diylar tomonidan shaharsozlik an’analari, yozuv, badiiy obrazlarni mintaqaning turk va xitoy aholisi o‘rtasida tarqatilishi jarayonini o‘rganish bo‘yicha materiallardan O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 31 mayda efirga uzatilgan “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” davlat unitar korxonasining 2021 yil 31 maydagi 02-40-863-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv teletomoshabinlarning O‘zbekiston xalqlari savdo tarixining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan sug‘diylar savdo faoliyati mavzusiga qiziqishini oshirishga xizmat qilgan;
Sug‘diylar Markaziy Osiyoning o‘ziga xos etnosi (xalqi) bo‘lib, ijobiy savdo-vositachilik qobiliyatlari tufayli asrlar davomida Evroosiyo qit’asida diplomatik, iqtisodiy, madaniy munosabatlarda bog‘lovchi bo‘g‘inga aylanlanganligi, sug‘d davlatchiligi  shakllangan davrdan VIII asr boshlarigacha so‘g‘diylarda yagona pul birligi va soliq tizimining mavjud bo‘lganligi, sug‘d harbiy kuchlarining tashqi dushmanlarga qarshi birlasha olganligi, diniy bag‘rikengligi dastlabki davrdan sug‘diylarning asosiy qarorgohi hisoblangan Samarqandning poytaxt sifatida tan olinishiga asos bo‘lganligi materiallardan O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 25 mayda efirga uzatilgan “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” davlat unitar korxonasining 2022 yil 25 maydagi 06-31-744-son ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarni O‘zbekiston xalqlari savdo tarixining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan sug‘diylar xitoy bilan savdo faoliyati mavzusiga qiziqishini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish