Bobojonov Islombek Usmonalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yosh avlodni tarbiyalash jarayonida mahalla institutining roli (Toshkent shahri mahallalari misolida. 1991-2019 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar280.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Rahbarxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Jamoldinova Odinaxon Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2019 yillar davomida Toshkent shahri mahallalarida yosh avlodni tarbiya sohasida to‘plagan tajribasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirish to‘rt bosqich (1991-2000 yy. – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining konstitutsiyaviy-huquqiy, tashkiliy asoslarini shakllantirish davri, 2001-2010 yy. – faol demokratik yangilanishlar davri, 2010-2016 yy. – vazifalarini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqin munosabatlarini ta’minlash davri, 2017 yildan hozirgi kungacha – mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida faoliyatini yanada takomillashtirish davri)da amalga oshirilganligi ochib berilgan;
jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari sodir etilishini oldini olishda yoshlarni vaqtinchalik va mavsumiy haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish (Shayxontoxur, Uchtepa tuman mahallalarida), internet klublar va tungi ko‘ngilochar maskanlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda (Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek tuman mahallalarida) mahalla nstitutining davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda bosh bo‘g‘in vazifasini o‘taganligi dalillangan;
yoshlar orasida «ommaviy madaniyat», diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent shahridagi «Ko‘kcha-oqtepa», «Degrezchi», «Ahil» kabi namunali mahallalarining «ota-onalar universiteti – imom-xatiblar – yoshlar» loyihasi yoshlarning ilm – ma’rifatga asoslangan diniy savodxonligini oshirishda to‘plagan tajribasini boshqa mahallalarda ommalashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi isbotlangan;
mahalla institutining davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligining mustahkamlanishi etim bolalar, yordamga muxtoj oila farzandlarini kafolatlangan ijtimoiy muhofaza va huquqiy himoyasini ta’minlanganligi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratganligi (Shayxontoxur, Uchtepa, Yunusobod tuman mahallalarida) orqali amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yoshlarni tarbiyalash jarayonida mahalla institutining roliga oid ilmiy xulosa va amaliy takliflardan:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirish va takomillashtirish bosqichlari, uning huquqiy asoslarini rivojlanishi hamda vazifa va vakolatlarining kengayib borishiga ko‘ra 4 bosqich (1991-2000, 2001-2010, 2010-2016, 2017 yildan hozirgi kungacha) da amalga oshirilgani aniqlanib, Toshkent shahri mahallalarida yoshlar tarbiyasi yo‘nalishida faoliyat olib borgan tizimning shakllanishi va rivojlanishiga oid natijalardan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan Ish rejasining shakllanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 10 avgustdagi 02-04/1973-son dalolatnomasi). Natijada mahalla boshqaruvi tizimida yangi tashkil etilgan yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchilar faoliyatining yutuq va kamchiliklari aniqlanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida keltirilgan oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, «mahalla - tuman - viloyat - respublika» prinsipi asosida mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida «Oila - muqaddas dargoh», «Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi», «Avlodlarga munosib voris bo‘laylik», «Biz buyuk allomalar farzandlarimiz», «Ma’rifatli yoshlar - millat faxri» kabi mavzularda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini tashkil etishda tadqiqot natijalaridan samarali foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 16 avgustdagi 02/08-970-son dalolatnomasi). Natijalar ushbu targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini ilmiy asosda tashkil etishga xizmat qilgan.
Mustaqillik yillarida mahalla institutining qaytadan tiklanishi, soha doirasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, mahalla institutining tarixiy ildizlari va rivojlanish bosqichlari, uning huquqiy asosini yanada takomillashtirish masalasi, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini sodir etilish sabablari, yoshlarni ish bilan ta’minlashda mahalla institutining ishtiroki tahliliga bag‘ishlangan natijalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Mavzu» ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydanalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston» teleradiokanali» DUK qoshidagi «Oʻzbekiston tarixi» telekanalining 2021 yil 4 yanvardagi 02-40-04-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomashabinlardagi mahalla institutining rivojlanish bosqichlari hamda amalga oshirilgan so‘nggi islohotlarning mazmun-mohiyatiga doir bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilgan.