Bekimmetov Umidjan Tajimuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovetlarning Xorazmda amalga oshirgan kollektivlashtirish siyosati va uning oqibatlari (1929-1959 yillar).”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020/4/PhD/Tar.756. Ilmiy rahbar: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farhod Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sovetlarning Xorazmda amalga oshirgan kollektivlashtirish siyosati va uning fojiali oqibatlari bilan bog‘liq jarayonlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazmdagi kollektivlashtirish, quloqqa tortish va surgun qilishda kuch ishlatish organlarining zo‘ravonligi natijasida nafaqat kolxozga kirganlar, shuningdek tashkilotchi va rahbarlar ham mazkur siyosatga ishonchsizlik bilan qaraganliklari, nemis mennonitlarida xususiy mulkchilik hamda er egaligi uzoq vaqt saqlanib qolganligi isbotlangan;
1929 yildan tezkorlik, zo‘ravonlik bilan olib borilgan kollektivlashtirish siyosati kolxozlar sonining keskin ortishiga olib kelganligi, Xorazm okrugida ko‘tarilgan g‘alayonlar qo‘shni hududlarga ham ta’sir qilganligi, hibsga olingan ko‘plab qo‘zg‘olonchilarning qamoqxonalarda saqlanishi epidemik kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lganligi dalillangan;
kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun oqibatida Xorazm okrugida ocharchilik kelib chiqqani va ko‘plab qishloq aholisining qo‘shni Qoraqalpog‘iston ASSR, Turkmaniston SSRga ko‘chib ketishiga, Xorazmda esa demografik vaziyatning keskinlashuviga olib kelgani aniqlangan;
iqtisodiy qoloqlik tufayli mehnat tuzatuv lagerlari tashkil etilmay jazoga tortilganlarning boshqa hududlarga surgun qilinganligi, kolxozlarning davlatga itoatkorligi paxta yakkahokimligini kuchaytirib Xorazmda chorvachilikning kamayishiga, erlar sho‘rlanib, ekologik vaziyatning keskinlashuviga va iqtisodiy tanazzulga olib kelganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovetlarning Xorazmda amalga oshirgan kollektivlashtirish siyosati va uning oqibatlarini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va natijalardan:
Xorazmdagi kollektivlashtirish, quloqqa tortish va surgun qilishda kuch ishlatish organlarining zo‘ravonligi natijasida nafaqat kolxozga kirganlar, shuningdek tashkilotchi va rahbarlar ham mazkur siyosatga ishonchsizlik bilan qaraganliklari, nemis mennonitlarida xususiy mulkchilik hamda er egaligi uzoq vaqt saqlanib qolganligi, 1929 yildan tezkorlik, zo‘ravonlik bilan olib borilgan kollektivlashtirish siyosati kolxozlar sonining keskin ortishiga olib kelganligi, Xorazm okrugida ko‘tarilgan g‘alayonlar qo‘shni hududlarga ham ta’sir qilganligi, hibsga olingan ko‘plab qo‘zg‘olonchilarning qamoqxonalarda saqlanishi epidemik kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lganligi oid yangi ma’lumotlardan Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ekspozision rejalarni tuzish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ekskursiya matnlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” Davlat muzeyining 2021 yil 5 oktyabrdagi 196-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi mazkur davrni faktik material va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga ko‘mak berib, Xorazmda o‘tkazilgan kollektivlashtirish siyosatining fojiali oqibatlarini ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan;
kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun oqibatida Xorazm okrugida ocharchilik kelib chiqqani va ko‘plab qishloq aholisining qo‘shni Qoraqalpog‘iston ASSR, Turkmaniston SSRga ko‘chib ketishiga, Xorazmda esa demografik vaziyatning keskinlashuviga olib kelgani, sovetlarning kollektivlashtirish siyosatini zo‘rlik bilan o‘tkazish paytida yo‘l qo‘yilgan xato va fojialar, eri, mulkini kolxozga majburan topshirishni istamagan dehqonlar, mulkdorlarning quloq sifatida jazolanishi va surgun etilganligi, sobiq quloqlarning “Katta terror” davrida qatag‘on qilinganligi, surgunda kechgan og‘ir turmush tarziga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ozbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 40-40-1639-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarda Sovetlarning kollektivlashtirish siyosatini zo‘rlik bilan o‘tkazish, mulkdorlarning quloq sifatida jazolanishi va surgun etilganligi, sobiq quloqlarning “Katta terror” davrida qatag‘on qilinganligi to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishga xizmat qilgan.