Alinazarova Dildora Valisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida vaqtli matbuotning shakllanishi va rivojlanishi (XIX asr oxiri – XX asrning 80-yillari)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar570.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanovar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Hamaev Nodirbek Mo‘minovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning oxiri-XX asrning 80-yillarida Farg‘ona vodiysida davriy nashrlarning shakllanishi va rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlari Farg‘ona vodiysida qo‘qonlik tarbirkorlar tashabbusi bilan ilk marotaba R.Davidbaev rahbarligida ivrit yozuvida buxoro-yaxudiylarining milliy gazetasi hamda mahalliy ilg‘or kuchlar tomonidan boshqird tatarlari bilan hamkorlikda Qo‘qonda I.A.Minakov, Bel`skievskiy va I.S. Shagiaxmetov, Farg‘onada O.Maxmudov, G. A. Porsev, V. P. Drozdov, M.V.Kats-Nel`son bosmaxonalari va Namanganda I.Ibratning “Matbaai Ishoqiya” nomli ilk bosmaxonalari tashkil etilganligi, ularda nashr etilgan matbuot xalqning siyosiy va ma’naviy qarashlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysiga rus tilidagi matbuot kirib kelguniga qadar ilk milliy davriy matbuot “Andijon yangiliklari” (keyinchalik “Andijonnoma”), “Farg‘ona sahifasi” (keyinchalik “Namangan haqiqati”) kabi viloyat gazetalari nashr etilganligi isbotlangan;
 Farg‘ona vodiysida “Sadoyi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “Ferganskoe exo”, “Farg‘ona sahifasi”, “Farg‘ona nidosi”, “Izvestie Andijana”, “El bayrog‘i”, “Birlik tug‘i”, “Izvestiya Vremennogo pravitel`stva Avtonomnogo Turkestana”, “Kengash”, “Yurt” kabi gazeta va jurnallar misolida milliy matbuotning shakllanganligi va ularda mahalliy ma’rifatparvarlarning siyosiy qarashlari aks etganligi sababli muntazam ta’qib qilinganligi aniqlangan;
Ikkinchi jahon urushi yillari Namangandagi “Za Kommunizm” va “Stalin haqiqati”, Farg‘onadagi “Kommunist” va Andijondagi “Stalinskoe znamya” gazetalarining umumiy harbiy sohadagi mavzulari, dinamikasi, siyosiy-harbiy ruknlari oshganligi hamda mahalliy ko‘ngilli harbiy korrespondentlarning soni ko‘payganligi aniqlangan;
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan tarmoq gazetalar  “Sovet ipagi”, “Marg‘ilon atlasi”, “Po‘lat yo‘llarda”, “O‘rta Osiyo yo‘li”, “Hayoti nav”, “Paxta g‘alabasi” kabi sovet mafkurasiga xizmat qiluvchi matbuot nashrlari ko‘payganligi, ularga kadrlar tayyorlash uchun kolxoz va sovxozlarda ko‘chma redaksiyalar faoliyat olib borganligi, biroq 1970-yillardan mamlakat byudjetini tejash maqsadida gazetalar soni va tiraji kamayib, 1980-yillarda gazeta sahifalarida jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti aks etgan ruknlar ko‘payganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri - XX asrning 80-yillarida Farg‘ona vodiysida vaqtli matbuotning shakllanishi va rivojlanishiga oid olib borilgan tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar hamda berilgan taklif va tavsiyalar:
ilk xususiy va rasmiy davriy nashrlar, shuningdek, 1917 yilgacha Farg‘ona vodiysi milliy matbuotining shakllanishi, sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va mustahkamlanishi yillaridagi, ya’ni XX asrning 30-yillarning ikkinchi yarmidagi davriy matbuot faoliyati haqidagi materiallar, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushi yillarida bosmaxona xodimlarining jang maydonlarida ko‘rsatgan qahramonliklari, viloyat, shahar va quyi tashkilot gazetalarining adadi, mavzulari va yangi ruknlaridan iborat bo‘lganligi haqidagi natijalardan Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi ekspozisiyalarini jihozlash va shakllantirishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2021 yil 17 martdagi 05-12-08-1452-son ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar muzeyga tashrif buyuruvchilarda Farg‘ona vodiysida shakllangan milliy matbuot, uning ikkinchi jahon urushi yillaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkon bergan;  
XX asrning 30-yillaridagi kollektivlashtirish, jamoalashtirish, “katta terror” davrida matbuot xodimlari, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi matbuoti xodimlarining qatag‘onga tortilishi, matbuot organlarining bu yillardagi faoliyati haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining “1937-1938 yillardagi siyosiy qatag‘onlar” bo‘limini to‘ldirishda foydalanilgan (Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021 yil 12 apreldagi 89-son ma’lumotnomasi). Muzey ekspozisiyalaridan joy olgan XX asrning 30-yillarida O‘zbekistonda qatag‘on siyosatining yangi to‘lqini boshlangani va bu jarayonlarda matbuot organlarining ishtiroki haqidagi ma’lumotlarni o‘rganilishi sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga nisbatan yangi tarixiy ongni shakllantirishga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlari Farg‘ona vodiysida qo‘qonlik tarbirkorlar tashabbusi bilan ilk marotaba R.Davidbaev rahbarligida ivrit yozuvida buxoro-yaxudiylarining milliy gazetasi hamda mahalliy ilg‘or kuchlar tomonidan boshqird tatarlari bilan hamkorlikda Qo‘qonda I.A.Minakov, Bel`skievskiy va I.S. Shagiaxmetov, Farg‘onada O.Maxmudov, G. A. Porsev, V. P. Drozdov, M.V.Kats-Nel`son bosmaxonalari va Namanganda I.Ibratning “Matbaai Ishoqiya” nomli ilk bosmaxonalari tashkil etilganligi, ularda nashr etilgan matbuot xalqning siyosiy va ma’naviy qarashlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi, Ikkinchi jahon urushi yillari Namangandagi “Za Kommunizm” va “Stalin haqiqati”, Farg‘onadagi “Kommunist” va Andijondagi “Stalinskoe znamya” gazetalarining umumiy harbiy sohadagi mavzulari, dinamikasi, siyosiy-harbiy ruknlari oshganligi hamda mahalliy ko‘ngilli harbiy korrespondentlarning soni ko‘payganligi, Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan tarmoq gazetalar  “Sovet ipagi”, “Marg‘ilon atlasi”, “Po‘lat yo‘llarda”, “O‘rta Osiyo yo‘li”, “Hayoti nav”, “Paxta g‘alabasi” kabi sovet mafkurasiga xizmat qiluvchi matbuot nashrlari ko‘payganligi, ularga kadrlar tayyorlash uchun kolxoz va sovxozlarda ko‘chma redaksiyalar faoliyat olib borganligi, biroq 1970-yillardan mamlakat byudjetini tejash maqsadida gazetalar soni va tiraji kamayib, 1980-yillarda gazeta sahifalarida jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti aks etgan ruknlar ko‘payganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 maydagi 06-31-741-son ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarni Turkistonda dastlabki shakllangan matbuot, ayniqsa milliy matbuot, qolaversa Farg‘ona vodiysida etishib chiqgan muharrirlar, muhbirlar, fotomuhbirlar, xarbiy muxbirlar va jamoatchi muxbirlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkon berdi.
Turkiston  Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, Toshkentga olib kelingan kichik bosmaxonalar, O‘rta Osiyoda birinchi gazeta bo‘lgan – “Turkestanskie vedomosti” Turkiston genaral-gubernatorligining rasmiy organi bo‘lganligi, o‘lkada rasmiy gazetalar bilan bir qatorda rus tilida xususiy gazetalar nashr etilganligi, jadid ma’rifatparvarlarining tashabbusi bilan nashr etilgan gazetalar o‘zbek madaniyati tarixida muhim voqea bo‘lib, milliy matbuot yaratilganligi hamda Farg‘ona vodiysining birinchi rasmiy nashri «Ferganskie oblastnie vedomosti» bo‘lganligi, matbuot shakllanishida Farg‘ona vodiysi matbuoti, o‘z taraqqiyoti uchta yirik bosqichni bosib o‘tganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 28 yanvardagi 02-40-125-son ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarni Turkistonda dastlabki shakllangan matbuot, ayniqsa milliy matbuot haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkon bergan.   
   

Yangiliklarga obuna bo‘lish