Nazarov Azizbek Yokubjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Milliy arxividagi Turkiston ilmiy jamiyatlari fondlari hujjatlari (XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlari)”, 05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar383.
Ilmiy rahbar: Saidboboev Zokirjon Abdukarimovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor Ergashevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Mirzaev Nasriddin Muxritdinovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Milliy arxividagi Turkistonda faoliyat yuritgan ilmiy jamiyatlarga tegishli arxiv fondlari hujjatlarining tarixiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston ilmiy jamiyatlari fondlaridagi Rossiya imperiyasining o‘lkada mustamlakachilik siyosatini olib borishdagi vositachiligi aks etgan markaziy hukumat va mahalliy idoralarning hujjatlari muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar tarzida jamlanganligi aniqlangan; 
Turkistondagi ilmiy jamiyatlar o‘lkani imperiya davlatchilik tizimiga tezroq integratsiya qilinishi, uni imperiyaning ajralmas bo‘lagi sifatida saqlanib qolishi, mahalliy xalqlarni imperiyaning sodiq fuqarolariga aylanishida vositachilik qiluvchi g‘oyaviy markaz sifatida shakllanganligi, ularga mahalliy amaldorlar ta’sischi etilib, keyinchalik nominal ravishda jamiyatlarga boshliq (rais) etib tayinlanganligi aniqlangan; 
Imperatorlik sharqshunoslik jamiyati Toshkent bo‘limi (I-361) hujjatlarida o‘lkada Sharqshunoslik institutini ochishga ziyolilar tomonidan bo‘lgan harakatlar Turkiston-general gubernatorligining aholi yashash sharoiti va mashg‘ulotlari, ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, o‘lkada ta’lim, til va madaniy siyosatni  olib borishda mahalliy xalq uchun faqat quyi ta’limni etarli ekanligi va shu bilan chegaralaganligi isbotlangan; 
Imperatorlik Rus geografiya jamiyati Turkiston bo‘limi (I-69) va Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati hujjatlarida (I-103) er osti va er usti boyliklarini o‘rganish maqsadida o‘lka geografiyasi hamda topografiyasiga oid tabiiy va tarixiy xaritalar, hududlarning tarixiy toponimlari, Orol ekspedisiyasi, mudofaa jihatidan Sarez ko‘li, Aygun shahri rejasi, qal’alarning joylashuvi va Toshkent–Krasnovodsk temir yo‘liga oid ma’lumotlar jamlanganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zMAdagi Turkiston ilmiy jamiyatlari fondlari hujjatlari (XIX asr ikkinchi yarmi–XX asr boshlari) tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Turkiston ilmiy jamiyatlari fondlaridagi Rossiya imperiyasining o‘lkada mustamlakachilik siyosatini olib borishdagi vositachiligi aks etgan markaziy hukumat va mahalliy idoralarning hujjatlari muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar tarzida jamlanganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Milliy arxivida yangi yo‘lko‘rsatkichlarni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 01-26/1187-son ma’lumotnomasi). Natijalarni qo‘llanilishi arxivchi mutaxassislar, tadqiqotchilarga tegishli fondlar hujjatlaridan foydalanishlari uchun qulayliklar yaratishga xizmat qilgan;
Turkistondagi ilmiy jamiyatlar o‘lkani imperiya davlatchilik tizimiga tezroq integratsiya qilinishi, uni imperiyaning ajralmas bo‘lagi sifatida saqlanib qolishi, mahalliy xalqlarni imperiyaning sodiq fuqarolariga aylanishida vositachilik qiluvchi g‘oyaviy markaz sifatida shakllanganligi, ularga mahalliy amaldorlar ta’sischi etilib, keyinchalik nominal ravishda jamiyatlarga boshliq (rais) etib tayinlanganligiga oid  natijalardan “Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi guvohnomasi, ro‘yxatga olish raqami: 531-022). Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurti talabalarini arxivshunoslik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada oshirishga xizmat qilgan; 
Imperatorlik sharqshunoslik jamiyati Toshkent bo‘limi (I-361) hujjatlarida o‘lkada Sharqshunoslik institutini ochishga ziyolilar tomonidan bo‘lgan harakatlar Turkiston-general gubernatorligining aholi yashash sharoiti va mashg‘ulotlari, ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, o‘lkada ta’lim, til va madaniy siyosatni  olib borishda mahalliy xalq uchun faqat quyi ta’limni etarli ekanligi va shu bilan chegaralaganligi oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar” dasturi doirasidagi  joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan hududlarni targ‘ib qilishga qaratilgan  “Yurtim tarixini o‘rganaman” loyihasini amalga oshirish bandi ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 14 sentyabrdagi 4-09-23-2288-son ma’lumotnomasi). Natijalarining joriy etilishi yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, o‘lkani o‘rganishning tahlil etilishi orqali yangi yondashuvlarini ishlab chiqishda xizmat qilgan;
Imperatorlik Rus geografiya jamiyati Turkiston bo‘limi (I-69) va Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati hujjatlarida (I-103) er osti va er usti boyliklarini o‘rganish maqsadida o‘lka geografiyasi hamda topografiyasiga oid tabiiy va tarixiy xaritalar, hududlarning tarixiy toponimlari, Orol ekspedisiyasi, mudofaa jihatidan Sarez ko‘li, Aygun shahri rejasi, qal’alarning joylashuvi va Toshkent–Krasnovodsk temir yo‘liga oid ma’lumotlar jamlanganligiga oid natijalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga o‘zatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foy-dalanilgan (O‘zMTRK ning 2020 yil 12 noyabrdagi 02-40/1281-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi teletomoshabinlarda mustamlaka davr tarixiga oid tasavvurlarini  kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish