Sultonova Shoxista Muxammadjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Diniy frazeologizmlar transformatsiyasi: semantik va lingvomadaniy aspektlar”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil326.
Ilmiy maslahatchi: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Umarxo‘jaev Muxtorxon Eshonxo‘jaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillari materiallari asosida diniy frazeologizmlarning xalq milliy-madaniy, diniy tasavvurlari taraqqiyoti bilan bog‘liq transformasiyasini semantik va lingvomadaniy aspektlarda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan din xalqning urf-odatlari va yashash tarzi bilan hamohang tarzda tilning frazeologik fondida aks etishi diniy manbadan havola sifatida olingan frazeologizmlar, diniy manba prototipi yoki syujeti asosida shakllangan frazeologizmlar, mifologiya, sodda diniy tasavvurlar va xurofiy qarashlar asosida shakllangan frazeologizmlar asosida ochib berilgan;
so‘zlashuv, kitobiy, badiiy uslublarga xos, umumiste’moldagi diniy frazeologizmlarning insonlar tomonidan o‘z ehtiyoji yoki manfaatlari yo‘lida transformasiyalanishi orqali lisoniy olam manzarasiga xos eski stereotiplar parchalanib, ularga yangi “hayot bag‘ishlanishi” barobarida ularga xos sinonimiya, antonimiya, omonimiya va ko‘p ma’nolilik hodisalari bu birliklarning funksional samaradorligini oshirishiga xizmat qilishi asoslangan;
o‘tgan asrda dunyoviylashtirish tendensiyasi hukmron bo‘lgan jamiyatda transformasiyaga uchragan diniy frazeologizmlar diniy semantika yetakchi bo‘lgan, ikki qutblilikni namoyon qiluvchi ambivalent, profanasiyaga uchragan diniy frazeologizmlar sifatida yoritilishi orqali diniy mazmundan uzoqlashgan frazeologizmlarning lisoniy shaxs nutqida salbiy deviasiyani namoyon qilish darajasi diniy-konfessional ta’limot va madaniyatdagi taqiqlar hamda cheklovlarga bog‘liqligi isbotlangan;
ma’lum davr oralig‘ida qadriyatlar tizimining diniylik xarakteri inkor etilishi tufayli jamiyatda yuzaga kelgan mafkuraviy bo‘shliq diniy frazeologizmlar transformatsiyasida aks etganligini asoslash orqali bugungi kunda e’tiqodga xos qadriyatlarga retrospektiv yondashuv isbotlangan;
diniy frazeologizmlarning semantik va struktur-semantik transformatsiyalari mahsuli sifatidagi okkazional shakllari so‘zlashuv nutqida ommaviylashishi natijasida turg‘un birikma sifatida lug‘atlarda uzual birlik kabi qayd qilinishi tilning asosiy frazeologik fondining boyishiga va diniy-konfessional ta’limotning takomillashuviga xizmat qilishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Diniy frazeologizmlar transformatsiyasi hamda ularning semantik va lingvomadaniy aspektlari tadqiqi natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
so‘zlashuv, kitobiy, badiiy uslublarga xos, shuningdek, umumiste’moldagi diniy frazeologizmlarning insonlar tomonidan o‘z ehtiyoji yoki manfaatlari yo‘lida transformasiyalanishi orqali ularga yangi “hayot bag‘ishlanishi”, funksional samaradorligi oshirilishi hamda madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan din xalqning urf-odatlari va yashash tarzi bilan hamohang tarzda tilning frazeologik fondida aks etishi to‘g‘risidagi materiallardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) - 2020-1-DE01-KA107-005433- (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) xalqaro loyihasi doirasida foydalanildi (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 1 martdagi 06-1/128-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki OTM o‘rtasida ishlab chiqilgan bakalavr bosqichi xorijiy tillarni o‘qitish yo‘nalishida kredit tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunan boyitilgan;
diniy frazeologik birliklarning funksional xususiyatlari, transformasiyalangan shakllarining profanasiyasi madaniyatdagi taqiqlar hamda cheklovlarga bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va yangi imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanildi (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 16 fevraldagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada til va adabiyotga oid materiallar mazmunan boyitildi hamda ilmiylik darajasi oshirilgan;
zamonaviy o‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasi muammolaridan biri hisoblangan batafsil frazeologik lug‘at tuzish hamda diniy frazeologizmlar transformasiyalari va variantlarining maxsus kartotekasi mavjud emasligi tufayli ular mavjud frazeologik lug‘atlarda aks ettirilmasligi hamda mualliflik transformasiyalari sifatida o‘rganilishiga oid ilmiy natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida yaratilgan va nashrga tavsiya qilingan “Mutaxassislikka kirish (Tilshunoslikka kirish)” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-246-son nashr guvoxnomasi). Natijada frazeologiyada transformasiya, variasiya, sinonimiya, antonimiya, omonimiya hamda ko‘p ma’nolilik hodisalarining farqli xususiyatlari batafsil yoritib berilgan;
diniy frazeologizmlar xalq diniy tasavvurlari in’ikosi sifatida milliy-madaniy o‘ziga xoslikni namoyon qilishi bilan birga madaniyatlararo aloqa vositasi vazifasini bajarishi hamda dinlararo mushtaraklik zaminida muvoziy ravishda semantik transformasiyalanishi to‘g‘risidagi va boshqa ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan 2018 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan “Yoshlarga donolar o‘giti” nomli kitobda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining 2021 yildagi 7 dekabrdagi 31/22-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy frazeologizmlar transformasiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nafaqat oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan fanlar o‘qitilishida, balki keng omma uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiyotlar yaratishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan;
frazeologik birliklar, xususan, diniy frazeologizmlar masalasiga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlarining 2021 yil oktyabr` va dekabr` oylari sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 6 dekabrdagi 04-25-1815-son ma’lumotnomasi). Natijada diniy xarakterdagi frazeologizmlar o‘zlarining jonli ifodalanishi, hissiy bo‘yoqdorligi va vaziyatni baholashdagi lo‘nda va tezkorligi bilan dinga xos vazifalarni amalga oshiruvchi samarali vositalardan hisoblanishi kabi masalalar yoritib berilgan.