Djumambetova Dilfuza Kongratbaevnaing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Filolog talabalarga stilistika fanini o‘qitishda milliy-madaniy yondashuv», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1798.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xadjieva Dilbar Tadjimuratovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ermetova Djamilya, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologik oliy o‘quv yurtlarida talabalarni «ingliz tili stilistikasi»ni milliy-madaniy yondashuv asosida o‘qitishda stilistik kompetensiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining stilistik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot talabalarga milliy-madaniy yondashuv asosida shaxsiy-uslubiy, mazmuniy-ma’noviy va matnlarni tanlash mezonlarini o‘z ichiga olgan ingliz tili stilistikasiga o‘qitishni tashkil etilish tamoyillarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning yozma ishlaridagi stilistik xatolar tipologiyasini funksional, semantik va estetik mezonlar asosida aniqlashtirish orqali ularning ijodiy ishlarida uslubiy xatolarni bartaraf etishga qaratilgan didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
fanni o‘zlashtirishning maksimal samaradorligiga xizmat qiluvchi uslubiy shartlar filolog talabalarning ma’naviy-axloqiy kontekstda invidual ta’lim traektoriyasini belgilashga xizmat qiluvchi stilistik ko‘nikmalarni shakllantirishning muhim omili sifatida dalillangan;
«ingliz tili stilistikasi»ni o‘qitishda nutq vaziyatlarini modellashtiruvchi lisoniy vositalarning funksional-uslubiy darajalari hamda badiiy va publisistik matnlari milliy-madaniy yondashuvga ko‘ra Qoraqalpok kontekstiga moslashtirilgan o‘quv-didaktik materiallarni loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filolog talabalarga «Ingliz tili stilistikasi» fanini milliy-madaniy yondashuv asosida o‘rgatish bo‘yicha olib borilgan natijalar asosida:
talabalarga stilistik kompetensiyani rivojlantirish maqsadida ingliz tilida nutq vaziyatlarini modellashtiruvchi (the belles-lettres and the publicistic functional style) o‘quv-didaktik materiallar asosidagi milliy-madaniy yondashuv asosida kommunikativ-uslubiy bilimlarni o‘z ichiga oluvchi stilistik ko‘nikmalarini egallashga qaratilgan xulosalardan “English Stylistics” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son ma’lumotnomasi). Natijada 4-bosqich filologiya yo‘nalishidagi talabalar stilistik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik komponentlari takomillashtirilgan;
milliy-madaniy yondashuv asosida ingliz tili stilistikasini o‘qitish va uni takomillashtirish didaktik ta’minotini (masofaviy ta’lim kontenti, kognitiv topshiriqlar, o‘quv loyihalari) takomillashtirish, talabalarning individual ta’lim traektoriyasini belgilashga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalardan 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-13229 raqamli «Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiy tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 28 maydagi 128/1-son ma’lumotnomasi). Natijada filolog talabalarga ingliz tili stilistikasini milliy-madaniy yondashuv asosida o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
«Ingliz tili stilistikasi» fanini o‘qitish tamoyillarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 27 maydagi 89-son ma’lumotnomasi). Natijada filolog talabalarga stilistika fanini o‘qitishda milliy-madaniy yondashuv va ularni o‘quv jarayoniga qo‘llay bilish malakasini rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’limda filolog talabalarga stilistika fanini o‘qitishda milliy-madaniy yondashuvga bog‘liq dissertatsiya ishi natijalaridan Qoraqalpog‘iston radiokanalining «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 maydagi 01-02/271-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-axloqiy o‘zini anglash, milliy va madaniy dunyoning xilma-xilligini anglashga doir ilmiy xulosalar jamoatchilik, asosan, yoshlar orasida ommalashtirilgan.