Farmonov Bekzod Begmatovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida rel`efonimlar semantikasi va leksikografik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1859.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Sa’dullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent;  Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi rel`ef otlarini qiyosiy tahlil qilish, semantik strukturasidagi umumiy va farqli jihatlarini aniqlash va   leksikografik talqinlarini mukammallashtirish, o‘zaro tarjima masalalarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi rel`efonimlar tarjima lug‘atida atovchi birliklarning leksik-semantik, sintaktik-stilistik jihatlari hamda geografik terminga ishora qiluvchi belgi (pometa)lar hamda geografik rel`efni ifodalovchi asoslar isbotlangan; 
o‘zbek tilidagi rel`efonimlarning izohli lug‘atdagi leksikografik talqini lingvomadaniy hamda lingvopragmatik aspektda tekshirilib, lug‘atlarda uchrovchi rel`efonimlardagi til va madaniyat uyg‘unligining leksik-semantik, pragmatik xususiyatlari dalillangan; 
o‘zbek va ingliz tillaridagi barcha rel`efonimlar uchun arxisema “Er yuzasi shakli, ko‘rinishi”, “Er yuzasiga nisbatan baland ko‘rinish”, “Er yuzasiga nisbatan tekis ko‘rinish”, “Er yuzasiga nisbatan past ko‘rinish” degan differensial semalari asosida: “balandlikni ifodalovchi”, “tekislikni ifodalovchi”, “pastlikni ifodalovchi” rel`efonimlarga ajralishi isbotlangan; 
ingliz tili izohli va tarjima lug‘atlari asosida ingliz tili rel`efonimlari sifatida cape, hill, mountain, pass, peak, plain, plateau, dais, open and level area, incline kabilar aniqlanib, ingliz tili rel`efonimlarining omonimligi o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi kabi ajratib ko‘rsatilmasligi, ularning Vebster va Kembrij lug‘atlaridagi izohi talqinida farqlar mavjudligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi rel`efonimlarning semantikasi, o‘zaro tarjimasi va leksikografik izohlari masalalari doirasida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida: 
o‘zbek va ingliz tillaridagi umumiste’mol rel`efonimlarning yasalish strukturasi, o‘zlashma qatlamga oid rel`efonimlarning morfemik tarkibi va yasalish strukturasidagi o‘ziga xos lingvistik xususiyatlariga oid xulosasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi (2016-2020) fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 15 sentyabrdagi 17-01/249-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiy tili leksikasidagi o‘zlashma qatlamga oid yasama so‘zlarning semantik xususiyatlarini tavsiflash vazifalarini belgilash imkoni yaratilgan;
o‘zbek tili umumleksikasidagi rel`ef otlarining semantik strukturasidagi integral va differensial semalarni, bir ma’noli va ko‘p ma’noli rel`ef otlarini aniqlashga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi (2012-2014) ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 15 sentyabrdagi 17-01/249-son ma’lumotnomasi). Natijada naql-maqollar tarkibidagi er yuzasi tushunchasi bilan bog‘liq otlarning semantik tarkibi, lug‘aviy ma’noning shakllanish asoslarining tavsifini mukammallashtirishga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi umumiste’mol rel`efonimlar semantikasi, o‘zaro tarjimasi, tarjima lug‘atlarda berilishi, leksikografik talqinlaridagi o‘ziga xosliklarga oid xulosa va natijalari, tahlil materiallaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan  I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 17 yanvardagi 04/1-73 son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillari leksikasidagi rel`efonimlarning semantik jihatdan o‘zaro va umumiy farqli belgilari, leksikografik talqinlari tahlili asosida inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasvirining leksikografik tavsiflari mukammallashgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi rel`efonimlarning  semantik tarkibi va leksikografik izohlariga oid tahlil va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi” nomli radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022 yil 08 yanvardagi 04-36-28-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar, reklama matnlaridagi tarjima bilan bog‘liq jarayonlar sifati va inglizcha so‘z-terminlarni to‘g‘ri qo‘llash holati ta’minlangan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish