Utaeva Iroda Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3050
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedova Nodira Muxtorjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning grammatik kompetensiyalari yozma matnlarning sintaktik jihati hamda didaktik imkoniyatlarining yagona murakkab harakatiga hamda ustuvor faol omillarning pedagogik jarayonning rivojlantiruvchi ta’siriga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil nutqiy faoliyati shaxs ongida mavjud bo‘lgan grammatik qoidalar mazmunini sinxron tarzda boshqa shaxslarning harakatlariga reprezentativ kiritish hamda ijodiy-didaktik topshiriqlarni transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning grammatik til faolligi darajasi grammatik kompetensiyalarni umumlashtirish va bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladigan sub’ekt-sub’ekt ko‘rinishidagi o‘zaro munosabatlar hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishning qiymat-semantik usulini kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalar mustaqil bilimi chet tillarini o‘qitishda rag‘batlantiruvchi- rivojlantiruvchi shaxsiy ko‘nikmalari muammoli topshiriqlar bajarish hamda ularning mantiqiy-ma’noli kontekstini tushunishga qaratilgan evristik mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning grammatik kompetensiyalarini rivojlantirish natijalari:
talabalarning grammatik kompetensiyalari yozma matnlarning sintaktik jihati hamda didaktik imkoniyatlarining yagona murakkab harakatiga hamda ustuvor faol omillarning pedagogik jarayonning rivojlantiruvchi ta’siriga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 noyabrdagi 02-07-3516/04-son dalolatnomasi). Natijada til o‘rganish istagida bo‘lgan talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida grammatik savodxonligini o‘sishiga xizmat qilgan;
talabalarning mustaqil nutqiy faoliyati shaxs ongida mavjud bo‘lgan grammatik qoidalar mazmunini sinxron tarzda boshqa shaxslarning harakatlariga reprezentativ kiritish hamda ijodiy-didaktik topshiriqlarni transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “English ” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-333-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishga va nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning grammatik til faolligi darajasi grammatik kompetensiyalarni umumlashtirish va bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladigan sub’ekt-sub’ekt ko‘rinishidagi o‘zaro munosabatlar hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishning qiymat-semantik usulini kiritish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 noyabrdagi 02-07-3516/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida grammatikani o‘rganish orqali nutq ko‘nikmalari rivojlanishiga xizmat qilgan;
talabalar mustaqil bilimi chet tillarini o‘qitishda rag‘batlantiruvchi- rivojlantiruvchi shaxsiy ko‘nikmalari muammoli topshiriqlar bajarish hamda ularning mantiqiy-ma’noli kontekstini tushunishga qaratilgan evristik mashqlarni kiritish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar asosida “English” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-333-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga xizmat qilgan.