Sultanova Shahnoza Akmal qizining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Grammatik terminlar elektron lug‘atini yaratishning lingvistik asoslari” mavzusidagi 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1911.
Ilmiy rahbar: Laylo Raximovna Raupova, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Shahobiddinova Shohida Hashimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi grammatik terminlar, ularning xususiyatlari, grammatik terminlar bazasini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqish va elektron lug‘atda grammatik terminlarni lingvistik annotatsiyalashning o‘ziga xos tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligidagi grammatik terminlar bazasi shakllantirilib, til korpusida tegishli terminlarning leksik-semantik, struktur jihatlarini aniqlash orqali, ma’lumotlarni markazlashtirish, qayta ishlash imkoniyati ochib berilgan hamda grammatik terminlar elektron lug‘atining zamonaviy, qiyosiy, tasnifiy tamoyillari aniqlangan;
elektron lug‘atlarning mavjud lug‘at shakllaridan so‘z miqdori bo‘yicha, lug‘aviy-mavzuiy, lug‘aviy-ma’noviy, lug‘aviy-mazmuniy jihatdan tafovutlari va imkoniyatlari dalillangan;
elektron lug‘atda o‘z va o‘zlashgan qatlamdagi termin bilan uning ingliz tilidagi ekvivalenti hamda manbasini ko‘rsata oladigan ma’lumotlar bazasi uchun grammatik shakllarning korpusga joylashuvini tizimlashtirishning lingvistik asoslari isbotlangan;
grammatik terminlarning elektron lug‘atini loyihalashning ta’limiy korpusda berilishiga aloqador lingvistik tamoyillari aniqlanib, grammatik terminlarning elektron lug‘atini yaratish uchun qiyosiy-tipologik metoddan foydalanishning afzalliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Grammatik terminlar elektron lug‘atini yaratishning lingivistik asoslari tadqiqi asosida olingan natijalar asosida:
tilshunoslikda grammatik terminlar bazasini to‘plash, tahlil qilish orqali korpus, uning lingvodidaktika va lingvistikadagi grammatikaga tegishli ma’lumotlarni markazlashtirish, qayta ishlash imkoniyati hamda korpusdan foydalanish ahamiyatini ochib berishga doir ilmiy xulosalaridan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi (2016-2020) fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 oktyabrdagi 17.01/247-son ma’lumotnomasi). Natijada grammatik terminlarning elektron lug‘atini loyihalash va tuzish texnologik jarayonlarini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
grammatik terminlarning elektron lug‘atini loyihalash va tuzish texnologik jarayonlarini o‘rganish, teg so‘z shakllarning grammatik belgilarini ko‘rsatish haqidagi ilmiy xulosalardan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzucidagi (2016-2020) fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 oktyabrdagi 17.01/247-son ma’lumotnomasi). Natijada grammatik terminlarga doir muammolarga echimlar taklif qilish orqali o‘zlashma va o‘z qatlamga doir grammatik terminlarning elektron lug‘atini tuzish tamoyillarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
leksikografiya, terminologiya, terminografiya elektron korpus, elektron lug‘at tushunchalarini tavsiflash, lingvistik terminlarni aniqlash yuzasidan berilgan tavsiyalardan inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasvirining leksikografik tavsiflarini yaratishga oid ilmiy xulosalardan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi (2020-2021) fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 23 oktyabrdagi 04/1-75-son ma’lumotnomasi). Natijada gramatikaga doir terminologik tizimning shakllanishiga, lug‘at tushunchalarini tavsiflashga, lingvistik terminlarni aniqlash imkoniyatiga asos bo‘lgan.