Nasirova Gulnora Madaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning lisoniy manzarasida emotsional konseptlar”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2025.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Shaxabitdinova Shoxida Xashimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Muxabbat Matyoqubovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Xurinisa, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi emotsional konseptlarning lisoniy voqelanish xususiyatlarini, olamning milliy emotsional manzarasini, uning kundalik muloqotga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy-madaniy jihatdan markerlanuvchi emotsional konseptlarning olamning lisoniy manzarasini muayyan guruhini tashkil etuvchi hamda sof milliy va individual emotsional konseptlarni shakllantiruvchi tuzilma sifatidagi o‘rni dalillangan;
kundalik nutqni shakllantirish jarayonida lingvokreativ faoliyat ta’sirida emotsional konseptlarning boshqa funksional uslublarga kirib borishi, aksincha, kontekst, vaziyat bilan shartlanganlik natijasida unutilishi, yangi denotativ yoki konnotativ ma’nolar bilan kengayishi kundalik nutqning kontekst, spontan holat, interlokutorlarning munosabati kabi aspektlarda isbotlangan;
qo‘rquv, muhabbat, quvonch, g‘azab, qayg‘u bazaviy emotsional konseptlarning verbalizatsiyasi ingliz va o‘zbek tillarida normativ-regulyativ vazifani, rus tilida dunyoni idrok etish, nemis tilida esa pragmatik vazifalarni bajarishda namoyon bo‘lishi dalillangan;
rus tili (RTMK), ingliz tili (BNC), nemis tili (DWDS) korpuslari asosida turli tizimli tillarda emotsional konseptlarning turlicha kommunikativ kontekstlarda qo‘llanilish chastotasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning lisoniy manzarasida emotsional konseptlar doirasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
emotsional konseptlar tipologiyasini aniqlashtirish orqali milliy-madaniy jihatdan markerlanuvchi emotsional konseptlarning olamning lisoniy manzarasini muyyan guruhini tashkil etuvchi hamda sof milliy va individual emotsional konseptlarni shakllantiruvchi tuzilma sifatidagi o‘rniga oid xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 3 noyabrdagi 331/1-son ma’lumotnomasi). Natijada erishilgan ijobiy natijalar innovatsion loyiha doirasida o‘z aksini topgan;
kundalik nutqni shakllantirish jarayonida lingvokreativ faoliyat ta’sirida emotsional konseptlarning boshqa funksional uslublarga kirib borishi yoki, aksincha, kontekst, vaziyat bilan shartlanganlik natijasida unutilishi yoki yangi denotativ yoki konnotativ ma’nolar bilan kengayishiga oid xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 3 noyabrdagi 332/1-son ma’lumotnomasi). Natijada olamning milliy emotsional manzarasining xususiyatlari, jamiyat va shaxsning kundalik hayotida, muloqotida emotsional konseptlarning roli yoritilgan;
qo‘rquv, muhabbat, quvonch, g‘azab, qayg‘u bazaviy emotsional konseptlarning verbalizatsiyasi ingliz va o‘zbek tillarida normativ-regulyativ vazifani, rus tilida dunyoni idrok etish, nemis tilida esa pragmatik vazifalarni bajarishiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat unitar korxonasining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muxarririyati tomonidan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 24 maydagi 04-25-823-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan.