Niyazova Gulnora  G‘ulomovnaning 
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Detektiv romanlar tilining sotsiopragmatik aspekti va gender xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1906.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan  muassasa  nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Abuzalova Mehri Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi detektiv romanlar tilidagi sotsiopragmatik va gender xususiyatlarining ekstralingvistik, pragmalingvistik omillarini ochib berish orqali o‘zbek tilining ifoda imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tohir Malikning “Shaytanat” va Mario P`yuzoning “Cho‘qintirgan ota” detektiv romanlarida genderni ifodalovchi, muloqotning ta’sir kuchini oshiruvchi lisoniy vositalar aniqlanib, ularning erkak va ayol nutqiga xos asoslari dalillangan;
Tohir Malikning detektiv romanlari tilida genderni ifodalovchi ibora, maqol, to‘liqsiz gap, argo, jargon kabi birliklarni sotsiopragmatik tekshirish asosida matnning ijtimoiy ahamiyatini, nutqning, muloqotning qiymatini oshirishi aniqlangan;
detektiv romanlarda muloqot tarkibining fonetik, morfologik va sintaktik birliklarida tilning belgilangan normalaridan uzoqlashish natijasida gender yondashuvning maishiy, hududdiy, madaniy sotsiopragmatik imkoniyati isbotlangan; 
lisoniy vositalarning detektiv asarlar matnlarida voqelanuvchi pragmatik imkoniyatlari hamda adresat va adresant muloqotidagi nutqiy vaziyat  bilan aloqador jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Detektiv romanlar tilining sotsiopragmatik aspekti va gender xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligida detektiv asarlarning lisoniy tadqiqiga doir tahlil va xulosalaridan  xulosalaridan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi (2016-2020) fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 oktyabrdagi 17.01/248-son ma’lumotnomasi). Natijada til hodisalarida lisoniy o‘ziga xosliklar bilan bog‘liq jihatlarni aniqlash va shu asosda til birliklarini tasniflashga doir qarashlarni boyitish imkoni yaratilgan;
detektiv romanlar qiyoslanishi jarayonida hamda badiiy asarlarning lisoniy tahlilida gender yondashuvdan foydalanish matnning sotsiopragmatik qimmatini ochib berishi mumkinligi haqidagi ilmiy  xulosasidan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi (2016-2020) ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 oktyabrdagi 17.01/248-son ma’lumotnomasi). Natijada detektiv romanlarning sotsiopragmatik aspekti millat ruhi, madaniyati, ongi va dunyoqarashini namoyon etishi ilmiy asoslangan;
o‘zbek va ingliz detektiv asarlari tilining qiyosiy pragmatik xususiyatlariga oid ilmiy  xulosalardan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi (2019-2020) fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 23 oktyabrdagi 04/1-76-son ma’lumotnomasi). Natijada inson qiyofasi, fe’l-atvori va milliy timsollar tasviridagi o‘xshashlik hamda farqlilik jihatlarini belgilash va tavsiflashni mukammallashtirishga erishilgan;
o‘zbek tilshunosligida o‘zbek va ingliz tilidagi detektiv asarlar tilini qiyosiy pragmatik jihatdan tahlili, xususan erkaklar nutqida gender farqlovchi lisoniy vositalar tahlili va ayollar nutqida gender o‘ziga xoslikni ko‘rsatuvchi lingvistik hodisalarni qiyosiy o‘rganishdagi xulosalaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan  Oltin voha  dasturidagi “Til-millat ko‘zgusi”, “Munozara”, “Adabiy jarayon” nomli  eshittirishlar ssenariysini  tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining  2021 yil 14 yanvardagi  17-05/14 sonli ma’lumotnomasi). Natijada  erkaklar va ayollar nutqining  lisoniy o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq jihatlarini aniqlash  muhimligi haqida radiotinglovchilarga  axborot berilgan  hamda  ushbu eshittirishlar  ssenariysi mazmunan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish