Jabbarov Ulug‘bek Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini Angliya pedagogik tajribasi asosida takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped300.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Talibjanovna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini Angliya pedagogik tajribasi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyasi darajalararo lingvoetnomadaniy xususiyatlar, verbal va noverbal xulq-atvoridagi nutqiy mukammallik, bilim olish hamda muloqotga intilish faolligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish modeli o‘qituvchining shaxsiy ko‘nikmalari va malakalarini manzilli rivojlantirishga qaratilgan adekvat emotsional-qadriyatli motivlarga mutanosib miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarni oshirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyasi bir-birini tushunishga bo‘lgan real tayyorlik hamda muloqot maqsadlariga korporativ validligini deklarativ bilimlar va shaxsiy xususiyatlarga identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish faoliyati tashkiliy-metodik yordam tizimi rivojlanishiga qaratilgan erkin diskussiya elementlari hamda muammoli interfaol ma’ruzalarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini Angliya pedagogik tajribasi asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyasi darajalararo lingvoetnomadaniy xususiyatlar, verbal va noverbal xulq-atvoridagi nutqiy mukammallik, bilim olish hamda muloqotga intilish faolligini oshirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar asosida “ESP PART 1” nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i bilan berilgan 285-110-raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning sifatini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish modeli o‘qituvchining shaxsiy muhim ko‘nikmalari va malakalarini manzilli rivojlantirishga qaratilgan adekvat emotsional-qadriyatli motivlarga mutanosib miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarni oshirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar asosida “Nutq malakalari integratsiyasi” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 20 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i bilan berilgan 676-149-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni sifatini baholash samaradorligiga erishilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyasi bir-birini tushunishga bo‘lgan real tayyorlik hamda muloqot maqsadlariga korporativ validligini deklarativ bilimlar va shaxsiy xususiyatlarga identivligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar asosida “ESP PART 1” nomli darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i bilan berilgan 285-110-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining individual ta’lim dasturlarini loyihalashtirish texnologiyalarini takomillashtirish imkoni oshirilgan:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish faoliyati tashkiliy-metodik yordam tizimi rivojlanishiga qaratilgan erkin diskussiya elementlari hamda muammoli interfaol ma’ruzalarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Nutq malakalari integratsiyasi” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 20 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i bilan berilgan 676-149-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarga ingliz tilini o‘rgatishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish