Abdulhakimova Oybarchin Nurboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil517.
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Miliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori; Afoqova Nodira Mahmudovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Oripovning adabiy-estetik qarashlarini ilmiy-nazariy aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Oripov badiiy-estetik tafakkuri yuksalishida fol`klorning ta’siri ijodining ilk davrida va badiiy tafakkuri takomilida fol`klor motivlari badiiy sintezi, umr so‘ngida yaratilgan she’rlarida xalq og‘zaki ijodi an’analarining poetik yangilanishi bosqichlarida kechgani aniqlangan;
shoir estetikasi takomilida Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat singari mumtoz shoirlar hamda Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom, Mirtemir va Erkin Vohidov kabi XX asr ijodkorlari falsafiy-irfoniy va badiiy-estetik qarashlarining poetik sintezi dalillangan;
Abdulla Oripov lirik konsepsiyasi ijodda falsafiy mohiyat va badiiy kashfiyot uyg‘unligiga erishilganida, betakror mazmun, go‘zal tashbeh va sirli ruh mutanosibligi adabiy-estetik mezon etib belgilanganida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ijodkorning liroepik va dramatik asarlari germenevtik, badiiy-estetik xossalari hamda shoir-she’r-so‘z uchligining badiiy-estetik, liro-publisistik ifodasiga xos qonuniyatlar aniqlangan, badiiy publisistikasi misolida odam, olam, she’r va shoir munosabatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarining madaniy-ma’rifiy, adabiy-tarixiy omillariga doir ilmiy qarashlardan, shoir lirik konsepsiyasining ijtimoiy-biografik, adabiy-estetik muhit bilan mushtarakligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan OT-FI-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2022 yil 26 apreldagi 04/1-802-son ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlari omillari, shoir lirodramatik asarlari va badiiy publisistikasidagi odam, olam, she’r va shoir masalalariga doir fikrlar adabiyotshunoslikni konseptual fikrlar bilan boyitgan.
Abdulla Oripov adabiy-estetik tafakkuri takomilida Alisher Navoiyning ijod tabiati va ijodkor tutumiga doir qarashlari ta’siri bilan bog‘liq tahliliy ma’lumotlar, shoir lirik konsepsiyasida Alisher Navoiy poetik qarashlari badiiy-estetik asos vazifasini bajarganiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan “PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar)” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2022 yil 26 apreldagi 04/1-803-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir adabiy-estetik tafakkuri takomilida Alisher Navoiy ijodining ta’siri, jumladan, Abdulla Oripov asarlaridagi shoir-she’r-so‘z uchligiga oid qarashlar talqinida Alisher Navoiy badiiy-estetik konsepsiyasi zamin bo‘lganiga doir fikrlar adabiyotshunoslikka yangi nazariy xulosalarni olib kirish imkonini bergan.