Sa’dieva Guzal Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat xizmatchisi ma’naviy qiyofasining shakllanishiga siyosiy madaniyat va mafkuraning ta’siri», 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ss91.
Ilmiy rahbar: Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori; Qo‘chqorov Vahob Hoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat xizmatchisi ma’naviy qiyofasining shakllanishiga siyosiy madaniyat va mafkuraning ta’sirini baholashni takomilllashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat boshqaruvida siyosiy madaniyat va mafkura omillarining ta’siri mavjud siyosiy tizim tabiatiga ko‘ra birlamchi ta’sirga ega bo‘lib, ular rahbar kadrlar ma’naviy qiyofasiga siyosiy islohotlar ko‘rinishida tatbiq etilishi, jumladan, rahbarlik lavozimlari zaxirasiga olingan yosh kadrlarning ma’naviy axloqiy qiyofasini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda nomzodlarning ma’naviy-axloqiy jihatlari “malaka talablariga hamda ko‘rilayotgan lavozimga muvofiqligi”ni baholovchi ob’ektivlik, ochiqlik, adolatlilik, halollik, qat’iyatlilik, fidoyilik kabi indikatorlar va ma’naviy qiyofani darajalash testi, nomzodning ma’naviy-axloqiy darajasini aniqlovchi keys, ma’naviyatni qabul qilish darajasini o‘lchovchi ishonchli suhbat, qoliplashgan va nostandart interv`yu, tashqi ochiq va yopiq kuzatuv kabi usullar ishlab chiqilib, ulardan davlat xizmatchilari faoliyatiga siyosiy madaniyat va mafkura omilining qay darajada ta’sir etishini aniqlashda foydalanish mumkinligi asoslantirilgan;
ijtimoiy-siyosiy jihatdan “davlat xizmatchilari ma’naviy qiyofasi”ning amal qilish samaradorligini oshirishda uning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurati asoslanib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining “Davlat xizmatchilari faoliyatining asosiy prinsiplari” qismiga davlat xizmatchilari ma’naviy qiyofasining ijobiy jihatlarini ochib beruvchi “o‘z vakolatlarini amalga oshirishda xolislik, ochiqlik, adolatlilik, halollik, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, burchiga fidoyilik, qat’iyatlilik, bag‘rikenglik, korrupsiyaga toqatsizlik hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l quymaslik” kabi tamoyillarni kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmati tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarning davlat xizmatchisi sifatidagi ma’naviy qiyofasi tizimning ma’naviy muhitiga mo‘’tadillashtiruvchi ijobiy yoki aksincha, ijtimoiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni ayolning boshqaruv tizimdagi siyosiy yoki rahbarlik faoliyati unga nisbatan qarashlarning ziddiyatli bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat xizmatchisi ma’naviy qiyofasining shakllanishida siyosiy madaniyat va mafkuraning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat boshqaruvida siyosiy madaniyat va mafkura omillarining ta’siri, ularning rahbar kadrlar ma’naviy qiyofasiga siyosiy islohotlar ko‘rinishida ta’sir etishi, jumladan, rahbarlik lavozimlariga zaxirada turgan yosh kadrlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “2021 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi”ning 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 9 dekabrdagi 4-13-23-3127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik tomonidan “Kelajak liderlari” uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida “Davlat xizmatchilari faoliyatining bevosita davlat siyosiy islohotlarini samarali amalga oshirishdagi o‘rni” mavzuidagi malaka oshirish kurslari dasturi va “Integrity check” (Testing) tizimini amalda qo‘llash metodologiyalari ishlab chiqilgan;
davlat xizmatiga qabul qilishda nomzodlarning ma’naviy-axloqiy jihatlarini baholovchi mezonlar va ko‘rsatkichlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan “Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining
2021 yil 11 dekabrdagi JY71176633-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda nomzodlarning ma’naviy-axloqiy jihatlari “malaka talablariga hamda ko‘rilayotgan lavozimga muvofiqligi”ni baholovchi indikatorlar amaliyotga kiritilgan;
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining “Davlat xizmatchilari faoliyatining asosiy prinsiplari” to‘g‘risidagi 5-moddasiga davlat xizmatchilarining o‘z vakolatlarini amalga oshirishda xolislik, ochiqlik, adolatlilik, halollik, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, burchiga fidoyilik, qat’iyatlilik, bag‘rikenglik, korrupsiyaga toqatsizlik kabi tamoyillarni kiritish to‘g‘risidagi takliflari 2022 yilning 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisida ma’qullangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 30 maydagi 18(06-13/18)-sonli dalolatnomasi). Natijada, ushbu takliflar 2022 yilning 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 26 yalpi majlisida qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmati tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarning davlat xizmatchisi sifatidagi ma’naviy qiyofasi butun tizimning ma’naviy muhitiga mo‘’tadillashtiruvchi ijobiy yoki aksincha, ijtimoiy munosabatlarni izdan chiqaruvi salbiy ta’sir ko‘rsatishga oid fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 12-bandini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 29 dekabrdagi 3(000492)-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi 2021 yil 28 maydagi SQ-297-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilgan.