Tadjibaeva Dildora Abduraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Penitensiar muassasalarda mahkumlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishni takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu271.
Ilmiy rahbar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Radjabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish Departamenti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi penitensiar muassasalarda mahkumlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat-ijroiya qonunchiligiga jazoni ijro etish muassasasi psixologlarining psixologik yordam ko‘rsatishi va bunday tadbirlarda ishtirok etishi faqat mahkumning roziligi bilan amalga oshirilishi haqidagi normani kiritish lozimligi isbotlangan;
mahkumlarning talab mavjud bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy ta’limini tashkil etish, o‘qishni tugallaganidan so‘ng tegishli hujjat berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirish zarurati asoslangan;
jinoyat-ijroiya qonunchiligida foydalaniladigan atama va tushunchalarning huquqiy ma’nosini aniq ifodalash va ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash uchun atamalarning huquqiy ma’nosini ishlab chiqish zarurati isbotlangan;
mahkumlarni axloqiy tuzatishda korxona, tashkilot, muassasa, jamoatchilik tuzilmalari va fuqarolar ishtirokining ta’sirchan mexanizmlarini yaratish kerakligi asoslangan;
mahkumlar tomonidan takroriy jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularning xulq-atvorini psixologik jihatdan o‘rganish, o‘z xatti-harakatlarini boshqarishga qiynaladigan (tajovuzkor)larni aniqlash va oldini olishning kriminologik chora-tadbirlarini joriy etish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Penitensiar muassasalarda mahkumlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 9-moddasining birinchi qismi 8-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 07 sentyabrdagi 06/1-11/4362-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi mahkumlarning asosiy huquqlari ko‘lami kengayishiga xizmat qilgan;
mahkumlarning talab mavjud bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy ta’limini tashkil etish, o‘qishni tugallaganidan so‘ng tegishli hujjat berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 97-moddasining oltinchi qismi 3-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil
07 sentyabrdagi 06/1-11/4362-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi mahkumlar huquq va erkinliklarining ta’minlanish darajasini oshirishga xizmat qilgan;
jinoyat-ijroiya qonunchiligida foydalaniladigan atama va tushunchalarning huquqiy ma’nosini aniq ifodalashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi «Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4006-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasining I bobi 3, 9-qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamenti Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 17 apreldagi 33/03-01/1189-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinganligi jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llash amaliyotini yaxshilashga xizmat qilgan;
jazo va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlar faoliyatini mahkumlarni axloqan tuzatish va tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish, mahkumlarni axloqan tuzatishda korxona, tashkilot, muassasa, jamoatchilik tuzilmalari va fuqarolar ishtirokining ta’sirchan mexanizmlarini yaratishga oid taklifdan ushbu Konsepsiyaning II bobi, 1, 6 va 8-qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamenti Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 17 apreldagi 33/03-01/1189-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinganligi mahkumlarni ijtimoiy adaptatsiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.