Rustamova Dilbar Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt422. 
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Quzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyot tarmoqlarida integratsiyalashuv jarayonlarini rag‘batlantirish va moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etishda kapital bozorining rivojlanishiga yordam beradigan, aksiyalarini chet el fond birjalarida sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan, davlat ulushi ustunlik qiluvchi Milliy investisiya xolding kompaniyasini tashkil etish taklif etilgan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi va ikkilamchi taklifi aksiyalarga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda, anderrayter tomonidan aniqlanadigan yagona narx asosida sotish taklif etilgan;
inflyasiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini shakllantirish va norezident va rezidentlar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish bo‘yicha market-meyker institutini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
korporativ obligatsiyalar bozorini korporativ obligatsiyalarni chiqarishning ta’minot talabini bekor qilish orqali rivojlantirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida
iqtisodiyot tarmoqlarida integratsiyalashuv jarayonlarini rag‘batlantirish va moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etishda kapital bozorining rivojlanishiga yordam beradigan, aksiyalarini chet el fond birjalarida sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan, davlat ulushi ustunlik qiluvchi Milliy investisiya xolding kompaniyasini tashkil etish taklifi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son Farmoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 06/04-02-31/1384-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish sohasidagi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni yaxlitligini ta’minlashga, tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishga, hosilaviy moliya vositalarining muomalada bo‘lishini tartibga solish normalari belgilashga, investisiya vositachilarining faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, fond birjasi faoliyatini “Birja va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun normalari bilan tartibga solish amaliyotining tugatilishiga imkon berilgan; 
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi va ikkilamchi taklifi aksiyalarga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda, anderrayter tomonidan aniqlanadigan yagona narx asosida sotish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 06/04-02-31/1384-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xalqaro standartlar va prinsiplar asosida Kapital bozori regulyatori faoliyati tashkil etilib, regulyatorga jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlari va Markaziy bankdan nazorat funksiyasini amalga oshirish doirasida barcha zarur ma’lumotlarni olishiga, kapital bozori sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan jismoniy shaxslarga jarima hamda yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalarni mustaqil ravishda qo‘llashga, kapital bozori ishtirokchilari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishga nazorat funksiyasi doirasida ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar haqida axborotlarni e’lon qilib borishga imkon berilgan;
inflyasiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini shakllantirish va norezident va rezidentlar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish bo‘yicha market-meyker institutini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son Farmon bilan tasdiqlangan dasturda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 06/04-02-31/1384-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida xolding korxonalari tushunchasi va faoliyatining asosiy mezonlarini belgilashga, xolding korxonalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatishga erishilgan, asosiy vazifasi investisiya maslahatlarini beradigan va investisiya vositachilik xizmatlarini ko‘rsatadigan, investisiyalarni boshqaradigan va ularni jalb qiladigan, anderrayting faoliyati bilan shug‘ullanadigan, moliyaviy aktivlarni boshqaradigan, xususiylashtirish va xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishga ko‘maklashuvchi, kapital bozorining rivojlanishiga yordam beradigan, mulkchilik shakli aksiyadorlik jamiyati bo‘lgan, aksiyalarini chet el fond birjalarida sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ustav kapitalida tarkibida kamida 10 ta investision jozibador korxonalar bo‘lgan, davlat ulushi ustinlik qiluvchi Milliy investisiya xolding kompaniyasini tuzishga sharoit yaratilgan; 
korporativ obligatsiyalar bozorini korporativ obligatsiyalarni chiqarishning ta’minot talabini bekor qilish orqali rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son Farmon bilan tasdiqlangan dasturda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 06/04-02-31/1384-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi savdo, kliring va hisob-kitob, investision maslahatchilar va vositachilar faoliyatlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida masofadan turib 24/7 rejimida amalga oshirilishi, investorlarga ma’lumotlar ochiqligi va amaliyotlar shaffofligini yanada ko‘paytirilishi, belgilangan tartiblarni bajarishda va ularni nazorat qilishda inson omilining imkon qadar minimallashtirilishi kapital bozori infratuzilmasining faoliyat samaradorligi oshishiga va tizimdagi ma’muriy buyruqbozlik, qog‘ozbozlik, sansolarlik holatlarining kamayishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish