Rajabov Otabek Asrorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metallokeramika va sirkon protezlaridan foydalanganda og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik-funksional va immunomorfologik o‘zgarishlar», 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib429.
Ilmiy maslaxatchilar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlar doktori, professor,  Irsalieva Fotima Husnitdinovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib93.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, Ahmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchitashkilot: S.D.Asfendiyarov nomli Kozogiston milliy davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Metallokeramika va sirkon protezlarning og‘iz shilliq qavatiga ta`sirini va maxalliy immunitet omillarini qiyosiy baxolash asosida optimal protez turini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor olinmaydigan tish protezlarining tayanch tishlar atrofidagi to‘qimalarda va og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq qavatlarining protez materiallariga nisbatan morfologik va immunologik reaksiyalari parodontda yallig‘lanish-destruktiv kasalliklari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
metallokeramik va sirkondan yasalgan tish protezlarining og‘iz bo‘shlig‘i  immunologik gomeostaziga, ya’ni immunoglobulinlar (IgG, IgM va sIgA) va sitokinlar (IL-4, IL-6, TNF-a, IL-1v) faoliyatiga salbiy ta’siri isbotlangan;
metallokeramikadan yasalgan tish protezlarining og‘iz bo‘shlig‘ida, sirkoniydioksidida kuzatilmagan salbiy gal`vanik toklar ("galvanoz", "elektrogalvanoz") ta’siri hosil bo‘lishi (quruqlik, qichishish, til, tanglay, lablar,  og‘izda  kuyish kabi) aniqlangan;
metallokeramik va sirkoniy dioksididan tayyorlangangan tish protezlarda og‘iz bo‘shlig‘i klinik o‘zgarishlarida (og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati to‘qimadagi makrofaglar, limfotsitlar, semiz va plazmatik hujayralar miqdorining oshishi) allergik reaksiyaning prognostik markeri ekanligi asoslangan;
ko‘priksimon protez tayanch tish periodont to‘qimasiga ortiqcha funksional zo‘riqish tish atrofidagi suyak to‘qimasi atrofiyasi va yumshoq to‘qimaning yallig‘lanishi kuchayishi (lunj shilliq qavatida yoki tilda tishlarning izi, eroziyalar, yaralar,OBShQ rangining o‘zarishi) bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Metallokeramika va sirkon dioksidi protezlari yordamida protezlashning turli usullari samaradorligini klinik-patogenetik asoslashdan bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metallokeramika va sirkon dioksidi protezlaridan yordamida protezlashning turli usullari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Metallokeramika va sirkon protezlardan foydalanilganda og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik funksional o‘zgarishlarning diagnostik tahlillari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-d/795-son  ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadalarning joriy qilinishi tish qatorlari nuqsonlari va alveolyar o‘simtalardagi suyak shakllanishi buzilishiga chalingan bemorlarni davolashda optimal ortopedik konstruksiyalarni tanlash va kelib chiqadigan asoratlarining oldini olishga xizmat qilgan;
metallokeramika va sirkon protezlardan foydalanilganda og‘iz bo‘shlig‘idagi immunologik xususiyatlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Metallokeramika va sirkon protezlardan foydalanilganda og‘iz bo‘shlig‘idagi immunologik xususiyatlarini tahlil qilish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 okyabrdagi 8n-d/795-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadalarini joriy qilinishi tish qatorlarini bemorlarda qo‘llashga, ortopedik davolash samaradorligini oshirishga, protezlashdagi ehtimoliy asoratlarni oldini olishga va bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratishga erishilgan. 
Metallokeramika va sirkon protezlaridan foydalanganda og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik-funksional va immunomorfologik o‘zgarishlar bo‘yicha tadqiqotning ilmiy  natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Xorazm va Jizzax viloyatlari Stomatologiya poliklinikalari, Buxoro viloyati G‘ijduvon, Vobkent, Olot, Buxoro tuman tibbiyot birlashmalari klinik amaliyotida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 yanvardagi 8n-z/02-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy izlanish natijasida tish protezlarini bemorlarda qo‘llashga, ortopedik davolash samaradorligini oshirishga, protezlashdagi ehtimoliy asoratlarni oldini olishga va bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish