Kurbanov Baxodir Bobirovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Homiladorlada preeklampsiyani erta tashxislash va uning natijalarini prognozlash» 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1./Tib544.
Ilmiy maslahatchi: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gel`dieva Margarita Sobirovna biologiya fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori professor. 
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Xalqaro diplomdan keyingi ta’lim instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi preeklampsiyada homiladorlik natijalarini erta tashxislash va prognozlashda “renin-angiotenzin tizimi”, “endotelial disfunksiya”ning regulyator genlari va estrogen reseptorlari, antiangiogen oqsillarning patogenetik ahamiyatini baholashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
preeklampsiyaning rivojlanish mexanizmida “renin-angiotenzin tizimi”– AGT (Thr174Met va Met235Thr) AGTR1(A1166C), AGTR2 (A/G),  “endotelial disfunksiya” – NOS3 (C-786T), eNOS (C774T) va ESR1 (G/A) estrogen reseptori regulyator genlarining polimorf variantlarining diagnostik ahamiyati isbotlangan;. 
“renin-angiotenzin tizimi”– AGT (Thr174Met va Met235Thr) AGTR1(A1166C), AGTR2 (A/G),  “endotelial disfunksiya” – NOS3 (C-786T), eNOS (C774T) va ESR1 (G/A) estrogen reseptori regulyator genlarining genotipik variantlari va preeklampsiyaning rivojlanishi orasidagi assotsiativ bog‘liqlikning diagnostik ahamiyati isbotlangan; 
arterial qon bosimi va qon tomiri tonusini tartibga solishning murakkab ichki tarmoqli o‘zaro ta’siri ostida bo‘lgan AGT (Thr174Met), AGTR2 (A/G) va NOS3 (C-786T) genlar polimorfizmi noxush allel variantlarining tashuvchisi bilan preeklampsiyaning shakllanishi va kechishining og‘irlik darajasi orasida to‘g‘ri korrelyasiyali ishonchli assotsiativ bog‘liqlik isbotlangan;   
angiotenzin kodini tashuvchi AGT (Thr174Met) va uning reseptori (AGTR2 A/G) xamda NO-sintetaza fermentining NOS3 (C-786T) genining preeklampsiyani rivojlanishida mustaqil ravishdagi xavf omili ekanligi isbotlangan;   
preeklampsiyaning shakllanishi va zo‘rayishida murakkab ichki tarmoqli o‘zaro ta’sirda bo‘lgan “renin-angiotenzin tizimi”, “endotelial disfunksiya” regulyator genlari  «funksional jihatidan noxush» genotiplar turli kombinatsiyalari va estrogen reseptorlarining sinergik ta’siri isbotlangan;
individual protektiv, ya’ni “renin-angiotenzin tizimi”, “endotelial disfunksiya” genlari ba’zi allel variantlarining, preeklampsiya rivojlanishiga nisbatan himoya ta’siri isbotlangan;
sflt1 oqsilining preeklampsiyani klinik kechishi, kasallikning zurayishi, asoratlarning yuzaga kelishi hamda ona va homilaning holati bilan to‘g‘ri korrelyasiyasi isbotlangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda preeklampsiyani erta tashxislash va uning natijalarini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
 ayollarda og‘ir preeklampsiyani erta tashxislash va asoratlarni oldini olishning yangi usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «sFlt1 antiangiogen oqsili yordamida  homilador ayollarda preeklampsiyani erta tashxislash usulini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 martdagi  №8 n-z/114-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi preeklampsiyani tashxislashda sFlt1 oqsilining diagnostik va prognostik ahamiyatini  aniqlash imkonini bergan; 
homilador ayollarda preeklampsiyani molekulyar-genetik usulda  tashxislash, kasallikning etiopatogenezini o‘rganish, asoratlarini prognozlash usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Og‘ir preeklampsiya bilan og‘rigan ayollarda allel genlar polimorfizmining xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 02 martdagi  №8 n-z/114–son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi  preeklampsiyani erta tashxislashda AGT (Thr174Met), AGTR2 (A/G) va NOS3 (C-786T) allel` genlardan foydalanish, regulyator genlarining kasalik etiopatogenezidagi ahamiyatini aniqlash va kasallik asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
homilador ayollarda preeklampsiyani erta tashxislash va uning natijalarini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati perinatal markazi, Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi va Xorazm viloyati perinatal markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 maydagi 08-13839–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi preeklampsiya asoratlarini 3,8ga barobarga qisqarishi, homiladorlik ijobiy yakunlanishining 2,6 barobarga ortishi va davolash muddatini qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish