Nosirov Nurzod Ixtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «“Olmaliq KMK” AJning Chodak oltin saralash fabrikasi chiqindilarini qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 ‒ Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1554.
Ilmiy rahbar: Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Berdiyarov Baxriddin Tilovkabulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qimmatbaho va qora metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beruvchi Chodak oltin saralash fabrikasining oldindan to‘plangan chiqindilarini qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chodak oltin saralash fabrikasining oldindan to‘plangan chiqindilarida oltin, kumush va temir minerallarini fraksiyalar bo‘yicha sifat-miqdoriy taqsimoti aniqlangan;
birinchi marta “Olmaliq KMK” AJ Chodak oltin saralash fabrikasining oldindan to‘plangan chiqindilaridan oltin, kumush va temir oksidini ajratib olishda magnitli va gravitatsion boyitish usullarini qo‘llagan holda kompleks qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Chodak oltin saralash fabrikasining oldindan to‘plangan chiqindilarini boyitish jarayonlarini o‘tkazish uchun apparatlar zanjiri sxemasidagi texnologik ketma-ketligi aniqlangan;
“Olmaliq KMK” AJ Chodak oltin saralash fabrikasining oldindan to‘plangan chiqindilaridan oltin, kumush va temir oksidini ajratib olish texnolgiyasining optimal rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oltinni saralash fabrikalarining oldindan to‘plangan chiqindilaridan qimmatbaho komponentlarni (oltin, kumush va temir oksidi) ajratib olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Chodak oltin caralash fabrikasi chiqindilarini magnitli separatsiya va markazdan qochma konsentratorlarda boyitish orqali kompleks qayta ishlash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2022 yil 9 fevraldagi AA-001128-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chodak oltin caralash fabrikasi chiqindilarining tarkibidan 66% oltin va 62,6% kumush ajratib olish imkonini bergan;
“Olmaliq KMK” AJ Chodak oltin saralash chiqindilaridan temir oksidini magnitli separatsiya yordamida ajratib olish jarayoni “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2022 yil 9 fevraldagi AA-001128-son ma’lumotnomasi). Natijada, 53,3% temir oksidini ajratib olish imkonini bergan.