Akramova Feruza Akmalovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda oilaviy psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik muammolari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/R33. 
Ilmiy maslahatchi: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Sodiqova Shoxida Marxaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda oilaviy psixologik xizmat faoliyati samaradorligini oshirish, tashkiliy-psixologik jihatdan mustahkamlash, ijtimoiy-psixologik muammolarni bartaraf etishning profilaktik-korreksion chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bir necha avloddan iborat oilaning ontogenetik, genealogik, aksiologik xususiyatlarida oila qadriyatlarining saqlanishi, amal qilishi ustuvorligi sababli genetik preferensiya ta’minlanishi va bu omil shaxs ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasi, psixologik muhit muvozanati, oila regeneratsiyasiga ijobiy ta’sir etishi asoslanib, oilaviy psixologik xizmatni shu toifa oilalarga ko‘rsatishdan ko‘ra nuklear (bir pog‘onali) oilalarga ko‘rsatish zarur ekanligi dalillangan;
shaxslararo munosabatlar nizoli bo‘lgan oilalarga xizmat ko‘rsatishning attityud empatik o‘zaro ta’sir shakli qo‘llanilishi natijasida tomonlar o‘rtasida konstruktiv munosabat, tolerant adaptatsiya, ichki motivatsiya oshishiga ta’sir etishga erishish mumkinligi dalillanib, mutaxassislarga qo‘yilgan talablar («muammo echimi invariantligini ta’minlash», «qaror natijasini prognozlash», «potensial oqibatni yashirmaslik») hamda tamoyillar («aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish», «maxfiylik», «mijoz qadr-qimmatini saqlash») takomillashtirilgan;  
ijtimoiy rollar transformatsiyasi sharoitida shaxslararo munosabatlarni psixologik uyg‘unlashtirish uchun qo‘llanilgan «xatolarni tan oldirish», «tomonlarni tanqid qilish», «depersonalizatsiya» usullari nizolarni yanada murakkablashtirishi, oila muhiti barqarorligiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi tufayli «plyus-minus», «teskari oyna», «aralash xaqiqat» usullarni psixologik xizmat amaliyotida mentalitet xususiyatlarga moslashtirib tatbiq etish ijobiy ta’sirli deb, mualliflik yondashuvi asoslantirilgan.
oilaga oid tipologik xususiyatlar psixodiagnostikasi va psixokorreksiyani amalga oshiradigan mutaxassisning professional faoliyat samaradorligi oshishida «superviziya» usulidan foydalanish zarur ekanligi asoslanib, unga ko‘ra mutaxassisning amaliy tajribasi ortishi hamda qadriyatlar transformatsiyasi sharoitida oila institutini mustahkamlashga fundamant (asos) bo‘lishi mumkinligini ta’minlaydigan mualliflik «Oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish xaritasi»ni  kiritish dalillangan;
inqiroz (zo‘ravonlik, suisid, ajrashish) holatidagi oilalarga xizmat ko‘rsatish va reabilitatsiyasida tomonlarning muammolarini «oshkora muhokama etish», «tanbeh», «tushuntirish» an’anaviy usullari orqali hal etishga urinish   nizolarni chuqurlashuvi va avj olishiga olib kelishiga sabab bo‘lishi  mumkinligiga ko‘ra, oila a’zosining  sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, o‘zaro munosabatni empatik tiklash, oila yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan «mediatsiya» usulini qo‘llash optimal ekanligi asoslanib, mentalitet xususiyatga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda oilaviy psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik muammolari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bir necha avloddan iborat oilaning ontogenetik, genealogik, aksiologik xususiyatlarida oila qadriyatlarining saqlanishi, amal qilishi ustuvorligi sababli genetik preferensiya ta’minlanishi va bu omil shaxs ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasi, psixologik muhit muvozanati, oila regeneratsiyasiga ijobiy ta’sir etishi asoslanib, oilaviy psixologik xizmatni shu toifa oilalarga ko‘rsatishdan ko‘ra nuklear (bir pog‘onali) oilalarga ko‘rsatish zarur ekanligini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 mart martdagi  P-15-sonli buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-15-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning amaliy jihatdan oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq kasbiy tayyorgarlik darajasini  oshirishga erishilgan; 
shaxslararo munosabatlar nizoli bo‘lgan oilalarga xizmat ko‘rsatishning attityud empatik o‘zaro ta’sir shakli qo‘llanilishi natijasida tomonlar o‘rtasida konstruktiv munosabat, tolerant adaptatsiya, ichki motivatsiya oshishiga ta’sir etishga erishish mumkinligi dalillanib, mutaxassislarga qo‘yilgan talablar («muammo echimi invariantligini ta’minlash», «qaror natijasini prognozlash», «potensial oqibatni yashirmaslik») hamda tamoyillar («aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish», «maxfiylik», «mijoz qadr-qimmatini saqlash») takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 mart martdagi  P-15-sonli buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-15- son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi yosh oila quruvchilarda oilaning ijtimoiy, psixologik, ma’naviy, tarbiyaviy, xuquqiy, iqtisodiy vazifalari bilan tanishtirish, mustahkam oila modelini yaratishiga xabardorligi imkoniyati yaratilgan;
ijtimoiy rollar transformatsiyasi sharoitida shaxslararo munosabatlarni psixologik uyg‘unlashtirish uchun qo‘llanilgan «xatolarni tan oldirish», «tomonlarni tanqid qilish», «depersonalizatsiya» usullari nizolarni yanada murakkablashtirishi, oila muhiti barqarorligiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi tufayli «plyus-minus», «teskari oyna», «aralash xaqiqat» usullarni psixologik xizmat amaliyotida mentalitet xususiyatlarga moslashtirib tatbiq etish ijobiy ta’sirli deb, mualliflik yondashuvini asoslash yuzasidan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi «Mahalla va oila» ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 30 iyundagi 01-11/217-sonli dalolatnomasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 mart martdagi  P-15-sonli buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-15-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning oilaviy psixologik xizmat, oilaviy maslahatni tashkil etishga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
oilaga oid tipologik xususiyatlar psixodiagnostikasi va psixokorreksiyani amalga oshiradigan mutaxassisning professional faoliyat samaradorligi oshishida «superviziya» usulidan foydalanish zarur ekanligi asoslanib, unga ko‘ra mutaxassisning amaliy tajribasi ortishi hamda qadriyatlar transformatsiyasi sharoitida oila institutini mustahkamlashga fundamant (asos) bo‘lishi mumkinligini ta’minlaydigan mualliflik «Oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish xaritasi»ni  kiritishni dalillashga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi «Mahalla va oila» ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 30 iyundagi 01-11/217-son dalolatnomasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 mart martdagi  P-15-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-15-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalla mutaxassislari, amaliyotchi psixologlarning muammoli oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatishining psixoprofilaktik, psixologik maslahat, oilaviy mediatsiya  turlari uslubiy va mazmunan takomillashtirilgan;
inqiroz (zo‘ravonlik, suisid, ajrashish) holatidagi oilalarga xizmat ko‘rsatish va reabilitatsiyasida tomonlarning muammolarini «oshkora muhokama etish», «tanbeh», «tushuntirish» an’anaviy usullari orqali hal etishga urinish   nizolarni chuqurlashuvi va avj olishiga olib kelishiga sabab bo‘lishi  mumkinligiga ko‘ra, oila a’zosining  sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, o‘zaro munosabatni empatik tiklash, oila yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan «mediatsiya» usulini qo‘llash optimal ekanligi asoslanib, mentalitet xususiyatga ko‘ra takomillashtirishga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 23 mart martdagi  P-15-sonli buyrug‘i bilan «Shaxsning ma’naviy va psixologik kamol topishining metodik ta’minotini ishlab chiqish» vazifalarida o‘z aksini topgan hamda «Psixologik xizmat. Psixologik korreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-15-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixolog mutaxassislarni tayyorlash  «Psixologik xizmat» o‘quv fani mavzular mazmuni takomillashtirilgan, fan dasturida psixologlarning oilaga psixologik xizmat, psixologik maslahatni tashkil etishga oid bilimlarining saviyasi oshirishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish