Shin Agrippina Vasil`evnaning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning tashkiliy-pedagogik asoslari”.
13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped264
Ilmiy maslahatchi: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Nodira Meliboevna pedagogika fanlari doktori, professor. Sharipova Dilyara Djumaniyazova, pedagogika fanlari doktori, professor, Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlarini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy maktabgacha ta’lim tizimi tashkiliy tuzilmasining tarkibi maktabgacha ta’lim qamrovini keskin oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini va ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlarini kengaytirish hamda ijtimoiy hamkorlik imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, nodavlat sektorni rivojlantirish, davlat xususiy sherikchilik mexanizmi va ta’lim tashkilotlarining yangi shakllarini joriy qilish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’limga qamrovni oshirish, chekka qishloq hududlarida maktabgacha ta’lim xizmatini kengaytirish va turli yoshdagi bolalar uchun ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqilgan “Aqlvoy” mobil guruhlari, “O‘yin guruhlari” va “Home visits” (uyga tashrif) kabi muqobil ta’lim shakllarini kiritish hamda “maktabgacha ta’lim – oila –mahalla” o‘rtasida o‘zaro xamkorlik munosabatlarini rivojlantirish ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishning samarali usullari ekanligi asoslangan;
bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyati va dunyoqarashini kengaytirishga yo‘naltirilgan "Matematika, konstruksiyalash va qurish-yasash", "Syujetli-rolli o‘yinlar va dramatizatsiya", “Til va nutq”, “Fan va tabiat”, "San’at" markazlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish metodikasi va o‘quv-uslubiy ta’minoti bolaning shaxsiy xususiyatlari, ijodiy, nutqiy, aqliy, jismoniy va ruhiy holatini moslashtirish, motivatsiyasiga ko‘ra korreksiyalash hamda immanitentlik asosida takomillashtirilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida ota-onalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga va pedagoglarning o‘z o‘zini kasbiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan “Bolalik akademiyasi” platformasi hamda ota onalar uchun bolalarga uyda ta’lim berishga mo‘ljallangan “Bebbo” mobil ilovasi o‘quv materialini ko‘rgazmali-obrazli, izchil-mantiqiy tarzda havola etishni ta’lim muhitida texnologiyalashtirish asosida ishlab chiqilgan;
bola tarbiyasida zaruriy tashkiliy-uslubiy, psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini ta’minlash uchun pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish metodikasi uzluksiz rivojlantirish strategiyasi sharoitida pedagogni kasbiy rivojlanishi va bilim olishiga yuqori darajadagi muloqot almashish imkonini beruvchi debrifing, brifing, vebinar texnologiyalari hamda «Self instructions», «Multiple intelligences» va «Coaching Conversations» metodlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
milliy maktabgacha ta’lim tizimi tashkiliy tuzilmasining tarkibi maktabgacha ta’lim qamrovini keskin oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini va ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlarini kengaytirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-son qarorida aks ettirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 03-3/1-3653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishga, maktabgacha ta’lim sifatini va samaradorligini oshirishga va ta’lim xizmatlarini kengaytirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga yangi yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–4312-son qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 03-3/1-3653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha ta’limga qamrovni oshirish, chekka qishloq hududlarida maktabgacha ta’lim xizmatini kengaytirish va turli yoshdagi bolalar uchun ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqilgan “Aqlvoy” mobil guruhlari, “O‘yin guruhlari” va “Home visits” (uyga tashrif) kabi muqobil ta’lim shakllarini kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 03-3/1-3653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada milliy maktabgacha ta’lim tizimi tashkiliy tuzilmasining tarkibi takomillashtirilgan;
bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyati va dunyoqarashini kengaytirishga yo‘naltirilgan "Matematika, konstruksiyalash va qurish-yasash", "Syujetli-rolli o‘yinlar va dramatizatsiya", “Til va nutq”, “Fan va tabiat”, "San’at" markazlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish metodikasi va o‘quv-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 03-3/1-3653-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur markazlar asosida Respublika maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni samarali tashkil etilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida ota-onalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga va pedagoglarning o‘z o‘zini kasbiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan “Bolalik akademiyasi” platformasi hamda ota onalar uchun bolalarga uyda ta’lim berishga mo‘ljallangan “Bebbo” mobil ilovasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 24 noyabrdagi 03-3/1-3653-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish metodikasi va o‘quv-uslubiy ta’minoti ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.