Xamraev Xumoyun Xamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiya mavjud bo‘lgan ayollarda diagnostika va olib borish taktikasidagi yangi yondashuvlar», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1475.
Ilmiy rahbar: [Ayupova Farida Mirzaevna], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va aholini ijtimoiy himoya qilish Davlat muassasasi “Tojikiston Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy tekshirish instituti”.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: preeklampsiya qayd etilgan homiladorlarni tashxisoti va olib borish taktikasi usullarini takomillashtirish yo‘li bilan davolash natijalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor homiladorlar qon zardobidagi 1,25(ON)2D3 vitaminning miqdorini kamayishi ayollar organizmida ishqoriy er metallar kationlarining naychali reabsorbsiyasi va ichak orqali so‘rilishining etishmovchiligi sababli kuzatiladigan gipomagniemiya, gipokal`siemiya darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
preeklampsiya rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan xomiladorlarda xavf omillarning o‘zaro og‘irlashtirishiga, xomiladorlik va tugruk asoratlar rivojlanishida tarkibida kalsiy va fosfor nisbati bo‘yicha muvozanatsiz yuqori uglevodli ovqatlardan ustun foydalanish sababli nutrientli balansning buzilishi aniqlangan;
homilador ayollarda D vitamin mikdorini tanqisligi homiladorlik kechishiga salbiy ta’siri etib preeklampsiyaning rivojlanishida oksidativ stress, qon tomirlar faoliyatining buzilishi sababli muxim omil ekanligi isbotlangan;
ilk bor xomiladorlarda preeklamsiyani erta rivojlanishini kompleks tashxislash, davolash va profilaktika tadbirlarida mikroelementlar bilan birgalikda 1,25(ON)2D3 miqdoriy ko‘rsatkichlarini ham inobatga olish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Preeklampsiya tashxisoti va preeklampsiyali ayollarni olib borish taktikasida yangi yondashuvlar ishlab chikish buyicha olingan natijalar asosida:
xomiladorlikda preeklampsiyani tashxislash, davolash va oldini olish buyicha yangi yondashuvlar masalalari bo‘yicha «Zamonaviy akusherlikda preeklampsiyaning dolzarbligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 8n-r/735-son ma’lumotnoma). Mazkur uslubiy tavsiyanoma preeklampsiyasi mavjud xomilador ayollarni davolash va profilaktika chora-tadbirlarni tadbik etish imkoniyatini bergan.
preeklamsiyani diagnostikasi va asoratlarini oldini olish va shoshilinch yordam ko‘rsatish usullari ishlab chikilgan «Preeklampsiya asoratlarini oldini olish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 8n-r/757-son ma’lumotnoma). Mazkur uslubiy tavsiyanoma preeklampsiyasi mavjud xomilador ayollarni kasallikning asoratlari sonini kamaytirishga, preeklampsiyaning erta tashxisida mikroelementlarning asosiy ahamiyatini aniqlashga imkonini bergan;
preeklampsiyasi bor xomiladorlarda klinik, biokimyoviy va instrumental xususiyatlari buyicha olingan ilmiy natijalar Samarqand shahri 1 va 2-son tug‘ruqxonalari, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tuman tibbiyot birlashmalarining amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/353-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalarni joriy etilishi preeklampsiyani olib borishini optimallashtirishga, akusherlik muassasalarida ona va homila uchun salbiy oqibatlar sonini kamaytirish va davolash uchun ketayotgan mablag‘ni tejash imkonini bergan.