Raxmonov Dilshod Burxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda operatsiyadan keyingi anal sfinkter etishmovchiligining xirurgik korreksiyasi» 14.00.35 - Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1307.
Ilmiy rahbar: Hamraev Abdurashid Juraqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Smirnov Aleksey Nikolaevich,  tibbiyot fanlari doktori, professor. Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotni maqsadi: bolalarda operatsiyadan keyingi anal sfinkteri etishmovchiligini erta tashxislash va jarroxlik taktikasini takomillashtirish orqali kompleks davolash chora tadbirlar samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
operatsiyadan keyingi axlat tutaolmaslik va surunkali ich qotishining asosiy klinik belgilariga qarab ichakdagi ikkilamchi patologik jarayonda yuzaga keladigan morfo-funksional shakllari aniklangan;
birlamchi operatsiyalardan so‘ng uchraydigan asoratlarda kliniko- anatomik shaklini e’tiborga olgan holda jarrohlik korreksiya usulini tanlash orqali davolash taktikasi takomillashtirilgan; 
operatsiyadan keyingi anal sfinkteri etishmovchiligini bartaraf etish maksadida oldingi va orqa sagittal kesmalardan foydalanib sfinkterning mushak tuzilmalari, qon tomirlari va nervlarning shikastlanishini oldini olish orkali xrurgik davolash samaradorligi aniklangan;
takroriy operatsiyalardan keyin anus va to‘g‘ri ichak soxasida bitishma kasalligini oldini olish uchun antisklerotik va yallig‘lanishga qarshi mahalliy terapiya kullash orkali konservativ davo muolajasi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Operatsiyadan keyingi anal sfinkteri etishmovchiligi bilan og‘rigan bolalarda tashxislash va davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
operatsiyadan keyingi anal sfinkteri etishmovchiligi kelib chiqish holatlarini erta tashxislash va  samarali davolash usulini tanlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda operatsiyadan keyingi anal sfinkter etishmovchiligida xirurgik korreksiyasini taktik usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash  vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/942-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda ARM operatsiyasidan keyingi anal sfinkteri etishmovchiligida nazologik shakllarini ajratish, tashxislash samaradorligini oshirish va optimal xirurgik taktikasini tanlash imkonini bergan; 
operatsiyadan keyingi anal sfinkteri etishmovchiligida tashxislash va davolash samaradorligni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarkand, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash  vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 08-03-07/3674-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi operatsiyadan keyingi anal sfinkteri etishmovchiligini tashxislash va kompleks davolash sifatini yaxshilash orkali, operatsiyadan keyingi asoratlanish darajasini 24,8% ga, qoniqarsiz natijalarni 2,7 barobarga, davolash uchun sarflanadigan umumiy xarajatlar qiymati 29,2%ga  kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish