Babajanova Shaxida Dadajanovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Onalar o‘limini kamaytirishda tashkiliy va davolash-diagnostik texnologiyalarni takomillashtirish», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment. 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib266.
Ilmiy maslahatchilar: Asadov Damin Abduraximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Djabbarova Yulduz Kasimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Usman Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: onalar o‘limini oldini olish uchun tashkiliy, diagnostika va davolash kompleks chora-tadbirlarni takomillashtirish va onalar o‘limini yanada kamaytirish uchun zaxiralarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onalar o‘limini konfidensial tahlil qilish asosida akusherlik qon ketish, preeklampsiya, genital sepsis bilan asoratlangan homilador ayollar, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda ko‘rsatilgan tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha foydalanilmagan imkoniyatlar va zaxiralar isbotlangan; akusherlikda qon ketishga qarshi kurash klinik protokoli doirasida tug‘ruqdan keyingi profilaktika va davolash tadbirlari bosqichlaridan kelib chiqqan holda, bachadonning balon tamponadasi samaradorligi isbotlangan; tug‘ruqdan keyin massiv qon ketish bo‘yicha xavf guruhlari ishlab chiqildi va ushbu guruhlarda kesar kesish amaliyoti paytida bachadon tomirlarini profilaktik bog‘lashning samaradorligi isbotlangan; yo‘ldoshning bachadonga o‘sib kirish xolatlarida ko‘p miqdorda qon yo‘qotishning oldini olish, ayolning reproduktiv funksiyasini saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beruvchi organni saqlash texnologiyasi ishlab chiqilgan va samaradorligi isbotlangan; erta va kech preeklampsiyada homiladorlik asoratlarining ilmiy qiyosiy tahlili o‘tkazilgan, ona va bola uchun natijalarni yaxshilash uchun 34 haftagacha va undan keyingi davrda ushbu ayollarda differensial tanlash akusherlik taktikasi ishlab chiqilgan; kesar kesishdan keyin peripartal infeksiya bilan asoratlangan ayollarni olib borish bo‘yicha algoritm ishlab chiqilgan va samaradorligi isbotlangan; akusherlikdagi kritik xolatlar auditi sikli metodologiyasi ishlab chiqilgan; kritik xolatlar va onalar o‘limiga olib kelgan omillarning o‘xshashligi tufayli, tibbiy yordam sifati oshishi va optimallashtirilishi onalar orasida og‘ir kasaalanish va o‘lim xolatlarini kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Onalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-davolash va diagnostika texnologiyalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
akusherlikdagi kritik xolatlarda yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Akusherlik amaliyotidagi kritik xolatlarni konfidensial tahlil qilish metodi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiilangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 martdagi 8-n-r/79-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi shoshilinch akusherlik yordami va klinik protokolllarni amaliyotga joriy qilinish sifatini oshirish imkonini bergan; akusherlikda homilador ayollarda tug‘ruqdan keyin massiv qon ketishini oldini olish usullarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan «Tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishni to‘xtatish uchun boshqariladigan balon tamponadasi usulini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 martdagi 8-n-r/78-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda tug‘ruqdan keyin qon ketish miqdori va gemotransfuziya hajmini kamayishtirish, bachadon reproduktiv funksiyasinini saqlash imkonini bergan;
onalar o‘limini kamaytirish uchun ishlab chiqilgan tashkiliy va davolash-diagnostik, profilaktik texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Farg‘ona viloyat perinatal markazi, Toshkent viloyat perinatal markazi, Respublika perinatal markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 08-11330-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi ayollarda massiv qon yo‘qotish chastotasini 7,6 baravarga, quyiladigan qon hajmini 3 baravarga, kesar kesish amaliyotini 40%ga kamayishiga, ayollar reproduktiv funksiyasini saqlash 82%-94,2% oshishiga olib kelgan va ayollar, chaqaloqlarning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida yotishini 2 baravarga kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.