Ataxajiev Mirkomil Sotkinboevichning 
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «OIV infeksiyalangan bolalarning salomatligi va jismoniy rivojlanishi, ularni jismoniy tarbiya hamda sport mashg‘ulotlariga jalb qilinish mezonlari)», 14.00.09- Pediatriya (tibbiyot fanlari). 
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSs/Tib197.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shomansurova Elmira Amanullaevna tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudayqulova Gulnora Karimovna  tibbiyot fanlari doktori; Sadikov Abdushukur Abdujamilovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV bilan kasallangan bolalarni jismoniy rivojlanishi, klinik, immunologik va virusologik ko‘rsatkichlarini har tomonlama baholash asosida jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish taktikasi bo‘yicha algoritm ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 OIV infeksiyali bolalarni antropometrik tekshiruv natijalari asosida  sog‘lom bolalarga nisbatan kam vazn olishi va bo‘y o‘sishishining orqada qolishi bilan ovkatlanishning o‘tkir va surunkali buzilishi, jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi kabi OIV infeksiyasining tez rivojlanish omillari isbotlangan;
OIV infeksiyali bolalarni sport mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishi borasida sport turlariga qarab, jismoniy yuklamalarni sog‘lom bolalar bilan bir xilda olishi oqibatida CD4+ limfotsitlar soni keskin kamayishi va OIV RNKsining qondagi konsentratsiyasini yuqori foizda o‘sishi bilan birga immunitet tanqislik darajasini kuchayishi OIV infeksiyali bolalarni sport mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishi ularning hayoti uchun xavfli salbiy oqibatlarni oldini olishi   isbotlangan;  
OIV infeksiyali bolalarda  sport mashg‘ulotlarini turiga qarab immun tizimidagi ko‘rsatkichlar farqli ravishda o‘zgarishi bilan birga, har bir sport turi bola organizmi uchun juda katta  ahamiyatli ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan: OIV infeksiyali bolalarda sport mashg‘ulotlarida og‘ir jismoniy yuklamalar olishi OIV infeksiyasining klinik belgilarni kuchli namoyon bo‘lishi va oportunistik infeksiyalarni avj olishi hamda rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
OIV infeksiyali bolalarda OIV infeksiyasini klinik kechish bosqichlariga qarab, umumta’lim maktablarida jisoniy tarbiya va maxsus sport muassasalarida mashg‘ulotlarga qatnashish tartiblariga tavsiya ishlab chiqilib, jarayonni baholashda ma’zon sifatida foydalanishi isbotlangan;
bolalar o‘rtasida OIV infeksiyasini tarqalishini oldini olish va salomatligini tibbiy nazorat qilish borasida har bir sport mashg‘ulotlariga qabul qilish davrida OIV infeksiyasiga tekshirish  zarurligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV infeksiyali bolalarni jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlariga jalb qilinishi va ularning salomatligiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
OIV infeksiyali bolalarni jismoniy rivojlanishi va sport turlariga jalb etishilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida OIV infeksiyali bolalar o‘rtasida xayoti uchun xavf omillarini kamaytirish asosida ishlab chiqilgan “Maktab yoshidagi OIV infeksiyali bolalarning  jismoniy o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlariga jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining ta’siri” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/326-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi OIV bilan kasallangan bolalarning jismoniy rivojlanishining sport va jismoniy tarbiyaga ta’sirini tabaqalashtirilgan baholash jismoniy yuklamalarni o‘z vaqtida tuzatish imkonini bergan; 
OIV infeksiyali bolalarni sport mashg‘ulotlariga qatnashish davrida immun sistemasidagi murakkab og‘ir buzilishlar bola hayoti uchun xatarli omillarni kamaytirish asosida ishlab chiqilgan “OIV infeksiyali bolalarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishining immun sistemasiga ta’siri” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/326-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi  OIV bilan kasallangan bolalarning immun tizimining holatini jismoniy tarbiya va sportga bog‘liq xolda aniqlashga yordam bergan, bu esa OIV bilan kasallangan bolalarni hayot davomiyligini uzayishiga imkonini bergan;
OIV infeksiyali bolalarni jisoniy rivojlanishi, ularni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etishda salomatlik darajalariga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  sog‘liqni saqlash amaliyotga, jumladan Respublika OITSga qarshi kurash markazi va Farg‘ona va Namangan  viloyatlari sog‘liqni saqlash tizimi tarkibidagi viloyat OITSga qarshi kurash markazlari hamda Andijon shahar tibbiyot birlashmasi tarkibidagi 3, 5, 6-sonli oilaviy poliklinkalar, Andijon tumani tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan tor soha mutaxassislari hamda umumiy amaliyot shifokori  UASh tomonidan  amaliyotiga tatbiq etilgan.(Sog‘likni saqlash vazirligining 2021yil 12 noyabrdagi  8 n-d/326-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar  OIV infeksiyali bolalarni kun tartibini belgilash, ularni sport mashg‘ulotlariga jalb qilishda tavsiyanoma asosida olib borish va immun ko‘rsatkichlarni nazorat qilish ularni hayot davomiyligini oshishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish