Abdullaeva Lola Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadonning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida akusherlik qon ketishlari oldini olish usullarini klinik-patogenetik asoslash va prognozlashni takomillashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1113.
Ilmiy rahbar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatullo Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.    
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadonning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishlarni prognozlash va oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
ilk bor bachadonning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida tugruk davridagi kon ketishlarni shilliq qavatdagi (qon stazi, shish va miometriyning imbibisiyasi) morfologik o‘zgarishlarlar natijasida prognozlash asoslangan; 
bachadonning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishlarda homiladorlik mobaynida umumiy tana vaznining 1,5 marotaba kupayishi, qorin aylanasining ortishi, bachadon tubining balandligini yuqori bo‘lishi kabi xavf omillar bilan bir katorda qonning koagulyasion xususiyatlarini buzilishi xam inobatga olinishi kerakligi asoslangan; 
ilk bor bachadonning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida bachadon magistral tomirlarini profilaktik bog‘lash jarroxlik amalieti natijasida qon yo‘qotish hajmining va qon oqimining  tez tiklanishi sababli bachadonni devaskulyarizatsiya qilish afzalligi isbotlangan; 
tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishlarini umummorfologik va morfometrik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda prognozlash hamda ball shkalasi asosida muvofiklashtirilgan (konservativ yoki jarrohlik) davolash  taktikasini tanlash asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
TGQ rivojlanishining morfotuzilmaviy markerlarini va xavf omillarining prognostik ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
akusherlik vaziyatiga muvofiq ravishda tug‘ruqni olib borish taktikasi bo‘yicha, shuningdek bachadonning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishlarni oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Bachadonning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishlarni oldini olish zamonaviy usullari” uslubiy tavsiyanomasi tayyorlangan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi 8n-z/517-son). Ilmiy natijalarning joriy etilishi tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarni oldini olish usullarini individual tarzda tanlashga xizmat qildi; 
bachadonnning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida akusherlik qon ketishlarni bashorat usullarni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bachadonning me’yoridan ortiq cho‘zilib ketish sindromida atonik qon ketishlarni bashorat qilishga xozirgi zamon yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi 8n-z/517-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi atonik qon ketishlarning rivojlanish xavfini prognozlashga va tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarni oldini olish usullarini individual tarzda tanlashga xizmat qilgan; 
tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishlarning rivojlanish xavfini prognozlashga va ularni oldini olishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarkand shahar 2-son tug‘ruq majmuasining, shuningdek Samarqand viloyat perinatal markazning va Bulungur TTBning klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 yanvardagi 08-09/22-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi maxsus tashxisotli usul bo‘lib hisoblangan va tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarning dori-darmonlar bilan hamda jarrohlik yo‘li orqali oldini olish samarasini oshiradigan, shuning bilan kasallanish va onalar o‘limini kamaytirishga olib keladigan asoratlarni individual tarzda prognozlash usulini ishlab chiqishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish