Quldashev Kaxramonjon Abduxalilovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir qo‘shalok bosh miya shikastlanishlarida ikkilamchi shikastlanishlarni kompleks tashxislash va davolash», 14.00.28 – «Neyroxirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2017.3DSc/Tib207.
Ilmiy maslahatchi: Xudoyberdiev Kobiljon Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadaliev Abduraxmon Mamatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kravchuk Aleksandr Dmitrievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Lazarev Valeriy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bosh miya qo‘shma shikastlanishining o‘tkir davrida bosh miyaning ikkilamchi zararlanishlarini tashxislash, oldini olish va davolash tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya qo‘shma shikastlanishining o‘tkir davrida miyaning o‘choqli va diffuz zararlanishlari kechishining intrakranial va ekstrakranial simptomlar bilan tavsiflanuvchi klinik belgilar bilan bir qatorda ko‘z qorachig‘i o‘zgarishini inobatga olgan xolda asoslangan;
bosh miya qo‘shma shikastlanishlarida intrakranial va ekstrakranial qo‘zg‘atuvchi mexanizmlarni differensiatsiya qilgan holda, miyaning ikkilamchi zararlanishlari rivojlanishi va zo‘rayishining perfuzion qon bosimini qo‘llab turish mexanizmlarini zararlanishiga olib keladigan miya gemodinamikasi va suyuqlik aylanishining buzilishining prognostik mezon ekanligi asoslangan;
bosh miya qo‘shma shikastlanishlarining o‘tkir davrida klinik ko‘rinishlar, miyadagi va periferik qon oqimidagi o‘zgarishlar, bosh miya ikkilamchi zararlanishining tizimli omillari (gipotenziya, gipoksemiya, giponatriemiya, yirik bo‘g‘imlar va suyaklarning, umurtqa pog‘onasining xamda orqa miyaning shikastlanishi) asosida belgilash asoslangan;
bosh miya qo‘shma shikastlanishlarining o‘tkir davri fonida miya shishi kuchayishi bilan intrakranial bosimni shoshilinch monitoring qilish va miya qorinchalarini dozali drenajlash dislokatsion sindromi rivojlanish xavfini oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miyaning qo‘shma shikastlanishi mavjud bemorlarga ko‘rsatiladigan yuqori texnologiyali xirurgik yordam sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bosh miyaning qo‘shma shikastlanishi, intratserebral gematomalarni xirurgik davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bosh miyaning qo‘shma shikastlanishi, intratserebral gematomalarni xirurgik davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 martdagi 08-09/7590-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma bosh miyaning qo‘shma shikastlanishi mavjud bemorlarda davolash sifati va samaradorligini oshirishga xamda umumiy o‘lim ko‘rsatkichini 34,4% dan 15,4% gacha qisqartirishga imkon bergan;
bosh miya qo‘shma shikastlanishi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bosh miya qo‘shma shikastlanishining o‘tkir davrida miyaning diffuz zararlanishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 martdagi 08-09/7590-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar miyaning diffuz zararlanishidan so‘ng natijalar sifatini belgilovchi, o‘z navbatida ham intrakranial, ham ekstrakranial shikast etkazuvchi ikkilamchi omillarning rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgan bir necha omillarni aniqlashga imkon bergan;
bosh miyaning qo‘shma shikastlanishi mavjud bemorlarga ko‘rsatiladigan xirurgik yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga, RShTYoIM Andijon, Namangan va Farg‘ona filiallarining neyroxirurgiya bo‘limiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 martdagi 08-09/7590-son ma’lumotnomasi).
bosh miya qo‘shma shikastlangan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish, miya shishining kuchayishida ko‘rsatmalar bo‘yicha intrakranial bosimni shoshilinch monitoring qilish va miya qorinchalarini dozali drenajlash BMQSh ning o‘tkir davrida dislokatsion sindrom rivojlanish xavfini oldini olishga, shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga va o‘limni 30% gacha kamaytirishga im kon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish