Raximiy Sharif Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lob- va bilobektomiyadan keyin bronxial oqmalarni xirurgik davolash taktikasini va profilaktika usullarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1284.
Ilmiy rahbar Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Ulugbek Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Olim Mirzoxitovich,tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Krasnodar o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Professor. S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-son o‘lka klinik shifoxonasi - ilmiy tadqiqot instituti” DSSBM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial oqmalarning oldini olish usullari hamda xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish orqali lobektomiya va bilobektomiyadan keyin bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘pka rezeksiyasining salbiy natijasi prediktorlariga aniqlik kiritilgan hamda bo‘lak bronxlari cho‘ltog‘iga ishlov berishning turli usullariga bog‘liq holda lobektomiya va bilobektomiyadan keyingi qoniqarsiz natijalar bilan sabab-omilli aloqasi aniqlangan;
har bir nozologik guruh uchun turli davolash usullariga ko‘rsatmalarni unifikatsiya qilish bilan yuzaga kelgan bronxoplevral oqmalarning xususiyati va muddatlariga bog‘liq holda bo‘lak bronxlarining cho‘ltog‘i etishmovchiligi rivojlanishini bashorat qilishning spesifik mezonlari aniqlangan;
bronx cho‘ltog‘ining etishmovchiligi va bronxoplevral oqma rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar uchun ko‘rsatmalarni kengaytirishga qaratilgan lobektomiya va bilobektomiyadan so‘ng bo‘lak bronxlari cho‘ltog‘ini qoplashning modifikatsiyalangan usuli ishlab chiqilgan;
bo‘lak bronxlari cho‘ltog‘ini qoplashning modifikatsiyalangan usuli qo‘llanilganda rezeksiya qilingan bronx sohasida fibroblastlarning erta shakllanishi bilan shilliq qavatning asosan proliferativ giperplaziyasi qayd etilishi morfologik tadqiqotlar orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘pka rezeksiyasi amalga oshirilgan bemorlarga ko‘rsatilayotgan yuqori texnologiyali yordam sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Bo‘lak bronxini mustahkamlash usuli” ishlab chiqilgan (FAP 01575-sonli foydali model uchun patent, 27.01.2021). Taklif etilgan usul bronx cho‘ltog‘i chokining zichligini ishonchli tarzda oshirishga va o‘pka rezeksiyalari va unga bog‘liq plevra empiemasidan keyingi cho‘ltoq etishmovchiligi va bronxoplevral oqma rivojlanish holatlarini kamaytirishga imkon bergan;
o‘pkaning anatomik rezeksiyasi natijalarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘pkaning anatomik rezeksiyasi natijalarini yaxshilash yo‘llari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 maydagi №08-14614 ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bronxoplevral oqmalar bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolashni va keyingi reabilitatsiyasini maqbullashtirishga asoslangan bo‘lib, bu bemorlarning ushbu og‘ir toifasining hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan;
bronxoplevral oqmalar bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatiladigan xirurgik yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Xorazm filiallarining xirurgiya va endoskopiya bo‘limalariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 maydagi №08-14614 ma’lumotnomasi). Lob - va bilobektomiyadan keyin bronxoplevral oqma bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolashda taklif etilgan taktik-texnik yondashuvlarni qo‘llash asoratlar chastotasini 20,5% dan 8% gacha kamaytirish bilan operativ aralashuvlar strukturasini o‘zgartirishga, umuman olganda, a’lo va yaxshi natijalar ulushini oshirishga, nogironlikni kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish